Özbekistonda muomalaga çiqarilgan bank kartalari orqali PayPal tölov tizimida elektron hamyonlarni töldiriş imkoniyati yöq. Avvalroq Özbekiston Markaziy banki kompaniya bunday çeklovni mustaqil ravişda örnatganini ma'lum qilgandi.
Kun.uz manbasiga köra, PayPal bilan muzokaralarda ijobiy natija hali yöq. Biroq Markaziy bank tizimni Özbekistonga olib kirişga harakat qilmoqda.
«PayPal'ning özi Özbekistonga kiriş niyati yöq. Bunga PayPal'ning öz içki siyosati va talablari sabab bölişi mumkin. Markaziy bankning söroviga oxirgi bergan xatida PayPal 2021 yilda Özbekiston bozoriga kiriş rejamizda yöq, deb javob bergan.
Bilişimça, Markaziy bank tizimni Özbekistonga olib kirişga harakat qilmoqda. Bu bölsa, albatta, har tomonlama yaxşi böladi. Ayniqsa, hozirda IT sohasi vakillari köpaymoqda. IT, grafik dizayn sohalarida uyda ötirib çet davlatlarga xizmat körsatiş masalasida bu tizim muhim. Juda köpçilik Paypal tölov tizimini afzal köradi. Şu sababli köp frilanserlar xorijlik mijozlarga xizmat körsatyapti-da, AQŞdagi birorta tanişining Paypal'ini işlatyapti. Pul unga tuşyapti, öşa odam Paypal'dan pulni naqdlaştirib Özbekistonga naqd pulni jönatyapti. Natijada frilanserlar oyiga 300-400 dollar daromad topsa, Özbekistonga pulini olib kelişda daromadining 30-40 foizini yöqotişiga töğri kelyapti.
Şu sababli bizga Paypal kirsa, integratsiyamiz yaxşi bölardi, ya'ni xizmatlarni eksport qilişda, frilanserlik xizmatlarini körsatişda muhim rol öynardi. Undan taşqari, Amazon kirdi va şu kabi boşqa köplab platformalar individual tarzda tovar sotadigan bölsa, PayPal tölov tizimi bu borada juda ham muhim. Bu kiçik hunarmandlar mahsulotlari eksportini kuçaytirgan bölardi.
Alternativlar bor, biroq bu yeçim emas. Rossiya tölov tizimlari bizga kirib kelgan, biroq ular Ğarbda unçalik maşhur emas», – deydi vaziyatdan xabardor manba Kun.uz bilan suhbatda.
Markaziy bank matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban masala yuzasidan pozitsiyasini 2020 yil oxirida bildirganini ma'lum qildi.












