Senatorlar qurolga doir qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni rad etdi
Bugun, 29 may kuni bo‘lib o‘tayotgan Senatning XV yalpi majlisida senatorlar “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bunga qonunchilik tashabbuskori sub'yekti va qonun loyihasi ishlab chiqqan taraflar tomonidan O‘zbekistonda qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi ijrosi, uning normalarini qo‘llashda vujudga kelgan muammolar tahlil qilinmagani sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘rganishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘qotar qurol muomalasi bilan bog‘liq qator tizimli muammolar mavjud. Ular:
- hozirgi kunga qadar qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanmagan. O‘qotar ov quroliga egalik qilish uchun fuqaroga nisbatan tibbiy cheklovlar mavjud bo‘lsa-da, uning spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani, giyohvandlikka mubtalo bo‘lgani tegishli ruxsatnoma olish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
- qurol egalarini tibbiy cheklovlar bo‘yicha davriy ravishda tekshirish, ular bilan birga yashovchi fuqarolar orasida ruhiy kasallikka chalingan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, giyohvandlikka mubtalo bo‘lganlarga e'tibor qaratish mexanizmlari mavjud emas.
- o‘qotar ov qurollari hamda pnevmatik va o‘zini o‘zi himoya qilish qurollari bilan kirish ta'qiqlangan obektlar uchun umummajburiy tartib o‘rnatilmagan.
Bu, o‘z navbatida, turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
-
Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Jahon | 10:45
Mavzuga oid
13:40 / 20.01.2025
Qo‘shinlarning zamonaviy qurollar bilan ta’minlanganlik darajasi 45 foizni tashkil etdi
10:43 / 16.01.2025
Nemis firmasi Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etdi
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
08:32 / 11.12.2024