Voqeaga guvoh bölgan maktab direktori Noila Qambariddinova mazkur noxuş holat bevosita uning köz öngida, xonasida sodir bölganini tasdiqladi.

Qambariddinovaning ma'lum qilişiça, 26 may kuni maktab öquvçilari imtihon topşirişi kerak bölgan. Xususan, 9-sinf bitiruvçilarining imtihonlari davlat attestatsiyasi asosida ötkazilişi közda tutilgan. Qoidaga köra, yozma imtihonlar ertalab soat 8da ötkazilişi lozim bölsa-da, bir qança öquvçilar kelmagan. Şundan söng ular uyidan çaqirtirib kelingan.

«Keçikib kelgan öquvçilarga mas'uliyatni his qilişmagani uçun tanbeh berdik. Çunki boşqa öquvçilar ham kutib qolişgandi. Şu vaqt 9-«A» sinf öquvçisi Ş.A. öquv işlari böyiça direktor örinbosari Abbos Sultonovga qarab: «Menga sening imtihoning umuman kerak emas, imtihonsiz ham yaşayveraman», deb maktabdan çiqib ketdi. Boşqa öquvçilar imtihonga kirişdi.

Öquvçi baribir imtihonga kirişi lozim. Şu sababli ota-onasini maktabga çaqirtiriş uçun Ş.A. ning uyiga öqituvçilarni jönatdim. Xonamda Ş.A.ning otasi iştirokida suhbatlaşa boşladik. Bola otasining guvohligida qöpol muomalasi uçun uzr sörayotgan vaqtda xonaga ikki yigit kirib keldi-da (biri – Ş.A.ning amakivaççasi, ismi Muhammad) Sultonovga taşlanişdi.

Uni burçakka tirab urişayotganda şkafning oynasi sindi va orqasini kesib ketdi. Şundan söng xonaga hamma yiğilib keldi va zöravon yigitlar çiqib ketdi», – dedi maktab direktori Noila Qambariddinova.

Sultonov jarohat olgaç, tez tibbiy yordam va profilaktika inspektoriga xabar berilgan. Direktor örinbosari tuman tibbiyot birlaşmasiga olib ketilib, unga tibbiy yordam körsatilgan.

Ayni vaqtda direktor örinbosari Abbos Sultonov uyida, ambulator şaroitda davolanmoqda. U bilan telefon orqali boğlandik.

«Qaçongaça öqituvçi hurmatsiz bölişi kerak? Öqituvçi nafaqat öquvçining bepisandligi, qöpolligiga, qolaversa ota-onasi va yaqinlarining tahdidiga ham çidaşga majbur bölyapti. Bunaqa malomatga qolaversak, heç qaçon obröyimiz oşmaydi.

Oçiğini aytaman, köçada bunday holatga tuşganimda keçirişim mumkin edi. Bu zöravonlarning qilmişini özimga emas, öqituvçilarga qilingan tahdid, deb hisoblayman», – dedi Abbos Sultonov.

Tuman tibbiyot birlaşmasi Sultonov bir kun şifoxonada yotgani, uning yelka qismiga uç santimetrgaça kesilib, sançilgan jarohat yetganini bildirdi.