Navoiy viloyati Navbahor tumanining Paxtakor mahallasidagi 33-umumiy örta ta'lim maktabining ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça direktor örinbosari 5 may kuni maktab öquvçilaridan birining onasi tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan öqituvçi «tez yordam» maşinasida şifoxonaga olib ketilgan va hanuz davolanişda. Kun.uz voqeani joyiga borib örgandi.

Ma'lum bölişiça, voqeaga 10-sinfda tahsil oluvçi öquvçi qiz maktabga formada kelmagani sabab bölgan.

Bunga e'tiroz bildirgan direktor örinbosari Dilbar Qodirova qizning onasi tomonidan öquvçi va öqituvçilar oldida kaltaklangan.

«5 may kuni iş jarayonida edim. Maktabning 10-sinfida tahsil oluvçi öquvçining onasi keldi. Qizi böyiça gaplaşib oliş uçun direktor xonasiga kiritdik. Men direktor xonasiga kirmadim, öz işim bilan band böldim.

Şu orada öquvçining özi ham direktor xonasiga kirib, öqituvçilar haqida haqoratomuz gaplarni gapirgan. Ona «Nega mening qizimga yopişib oldinglar, hammangga körsataman», deya zalga çiqib, menga yopişa ketdi. Soçimdan tortib, direktor xonasiga sudrab kirdi. Yerga yiqitib, urdi. Şovqinni eşitib, öqituvçilar kelişdi. 5-6 nafar öqituvçi ham ajrata olişmadi. Men özimni himoya qilolmay qoldim.

Öquvçining yaqinlari kelib, jamoat joyida, öquvçilar köz oldida öqituvçini şunçalik oyoqosti qilib taşlaşi mumkinmi?! Öqituvçining hurmati qayerda qolyapti?!

Biz öquvçining ma'naviyati böyiça özimizga qöyilgan talablar asosida işimizni bajaramiz. Buni notöğri tuşungan ota yo ona maktabga kelib, öqituvçiga zöravonlik qilib, uni urib, yer bilan bitta qilib ketyapti. Maktab şunçalar bedarvoza bölib qoldimi, öqituvçini zöravonlardan kim himoya qilişi kerak?!

Bu oila tomonidan bunday zöravonlik birinçi marta sodir etilişi emas. Avvalroq qizning akasi ham maktabga kelib, öquvçilardan birini urib ketgan edi. «Maktabning içki masalasi, çetga çiqarmaylik», deya indamay qöygan edik. Endi özim ham ularning nişoniga aylanib ötiribman», — dedi Dilbar Qodirova.

Jabrlanuvçi Dilbar Qodirova, 33-maktab direktori örinbosari