EastFruit tahlillariga köra, Özbekistonda bu yil örik eksporti deyarli amalga oşirilmayapti. Içki bozorda örik yuqori narxda ekani va qöşni Tojikistonda nisbatan arzonligi sababli, bu yil qöşni mamlakatdan uşbu meva import qilinmoqda. Şunday qilib, örik eksporti böyiça jahon miqyosidagi yetakçilardan biri bölmiş Özbekiston ayni damda uning importçisiga aylandi. Bunga nima sabab böldi va bu qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin?

Bunga asosiy sabab sifatida fevral oyi oxiri va mart oyi örtalarida respublika hududlariga tösatdan kirib kelgan sovuq havo oqimini körsatiş mumkin. Bu danakli mevalar, ayniqsa, örik hosiliga katta zarar yetkazdi, ammo qöşni respublika Tojikistonda hosilga u qadar salbiy ta'sir körsatmadi.

Mutaxassislar tomonidan, fevral oyi oxiridagi noqulay ob-havo tufayli örik hosili boy berilişi ehtimoli kamida 60-65 foizga baholanib, narxlar kamida 2 baravarga oşişi prognoz qilingandi.

Ayni paytda Özbekistonda narxlar ötgan yilning şu sanasiga nisbatan 6,5 baravar yuqori körsatkiçni taşkil etmoqda.

Ammo hosilga nisbatan ança kam zarar yetgan Tojikistonda örikning narxi bir kilogramm uçun 0,79-1,06 dollar atrofida, ya'ni Özbekistonga nisbatan 3-5 baravar past. Tojikistonda örik narxining nisbatan ança pastligiga qöşimça omillardan biri (yaxşi hosildan taşqari), Qirğiziston bilan çegaraning töliq yopilişidir. Çunki, odatda, eksport Qirğiziston orqali amalga oşiriladi. Ammo Tojikistonda örikka köproq quritilgan meva tayyorlaş uçun etibor qaratiladi, unga höl meva bozori mahsuloti sifatida qaralmaydi. Şu sababli, Tojikiston örigi eksporti, asosan, Qozoğiston va Rossiya bozorlarida Özbekiston örik eksportining örnini bosa olmayapti.

Şuningdek, Özbekistondan örik eksportining deyarli yöqligi tufayli bu yil Rossiyada örikning ulgurji narxi ötgan yilga nisbatan yuqori, ammo bu ösiş atigi 25 foiz, xolos. Buning sababi, jahon örik bozorida yetakçi eksportçilardan biri hisoblanadigan Turkiya, Rossiya bozorida ayni paytda raqobat yöqligi bois asosiy yetkazib beruvçiga aylandi. Boşqaça aytganda, turkiyalik boğbonlar bu yil örik hosilidan yaxşi daromad olişmoqda. Turkiya örigining bir kilogrammi örtaça 1,5-1,6 dollar atrofida sotilmoqda.

2021 yilda Yevropa Ittifoqida örik hosili ötgan yilga nisbatan 20 foiz va 2015-2019 yilgi örtaça körsatkiçga nisbatan 40 foiz kamayişini