Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov Özbekiston aholisining minimal iste’mol xarajatlari miqdorini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, mazkur hisob Özbekiston iqtisodiy bloki, Jahon banki va boşqa bir qator taşkilotlar bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblaş uçun tajriba sifatida Jahon banki kömagida 2020 yilda respublikaning barça hududlaridan tanlab olingan 5 400 ta uy xöjaliklarida sörovnoma ötkazilgan. Bunda sörovnomada iştirok etgan uy xöjaliklari xarajatlari miqdori böyiça önta guruhga ajratilib, uşbu oilalar orasidan eng kam xarajat (daromad)ga ega bölgan 30 foiz uy xöjaliklari ajratib olingan.

«Dastlabki hisob kitoblarga köra, kam daromadli aholining jami xarajatlari uçun oyiga kişi boşiga 440 ming söm kerak böladi. Bu miqdor kambağallik çegarasini aniqlaşda muhim hisoblanadi. Hozirga qadar kambağallik çegarasi real körsatgiçlarga asoslanmagan edi.  Endilikda şu qiymat orqali kambağallikka qarşi kuraşişda bu çegaradan foydalanamiz. MIX aholiga moddiy-ijtimoiy yordam berişda, pensiya va nafaqalari tayinlaşda yaxşi samara beradi», dedi vazir örinbosari.

 Sörovnoma natijasida olingan ma’lumotlar asosida mazkur oilalarda jon boşiga kunlik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat (2200 kilokaloriya) va zarur bölgan nooziq-ovqat tovarlar hamda xizmatlar uçun minimal iste’mol xarajatlar bir oyda kişi boşiga (2021 yildagi narxlar özgarişini inobatga olgan holda) kamida 440 ming sömni taşkil etişi hisob-kitob qilingan. Ayni damda, minimal oziq-ovqat xarajatlari miqdori esa kişi boşiga bir oyda 295 ming sömni taşkil qilgan.

Hisoblangan minimal iste’mol xarajatlarining jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulotga nisbati (YaIM) 26,8 foiz bölib, mazkur körsatkiç rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan 4-20 foizni taşkil etadi.

«Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblaş tajribasini yakuniga yetkaziş maqsadida 2021 yilda Davlat statistika qömitasi Jahon banki bilan birga 10 mingta uy xöjaliklarida sörovnoma ötkazmoqda. Mazkur sörovnomalar natijasidan kelib çiqib, joriy yil yakuniga qadar minimal iste’mol xarajatlarni hisoblaş metodologiyasini tasdiqlaş va uni qayta hisoblangan miqdorini e’lon qiliş közda tutilmoqda», deyiladi vazirlik axborotida.