Farğona viloyatida maktab bitiruvçilarini Koreya xalqaro universitetiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan firibgarlar uşlandi, deya xabar bermoqda Boş Prokuratura departamenti axborot xizmati.

Ta'kidlanişiça, «I.K.», «A.C.» va «R.s.» MÇJ rahbarlari va boşqalar oldindan özaro jinoiy til biriktirib, «H.I.» MÇJ  va Koreya xalqaro universiteti örtasida tuzilgan memorandum bekor qilingan bölsa-da, «H.I.» MÇJ bilan soxta şartnoma tuzadi. Ular tölov amalga oşirgan maktab bitiruvçilarini Koreya xalqaro universitetiga imtihonsiz öqişga kiritib qöyişni va'da qiladi va 7 nafar fuqaroning 20,5 million sömini aldov yöli bilan qölga kiritadi.

Xabarda ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar berilgan.

Avvalroq, Qöqon şahridagi avtomaktab öqituvçisi pora bilan qölga tuşganligi haqida xabar berilgan edi.