Qaşqadaryoda tadbirkorlar va hokimliklar taşabbusi bilan 200 ta MTM rasman iş boşladi. Ularning 169 tasi oilaviy, 30 tasi DMTT va 1 tasi DXŞ boğçalardir.

Statistik ma'lumotlarga köra, viloyatda 3 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar soni jami 294 751 nafarni taşkil etadi. 2016 yilda viloyatda bor yöği 326 ta maktabgaça ta'lim muassasalari bölib, bolalarni qamrab oliş darajasi 13,3 foiz bölgan. 1 iyundan iş boşlagan 200 ta MTMni qöşib hisoblaganda 1897 taga yetdi.

Foto: Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Natijada umumiy bolalar qamrovi 136 293 nafarga yetadi. (31 may holatida 128 ming 756 nafar (43,7 foiz).

«1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni» munosabati bilan iş boşlaydigan boğçalar oçilişi ortidan 673 kişi işli böldi, 7572 (7537) nafar bolalar uçun qöşimça örin taşkil etiladi va viloyatning bu sohadagi körsatkiçi 46,3 foizga oşadi.

Jumladan, Qarşi şahrida 11 ta, Şahrisabz şahrida 25 ta, Ğuzorda 6 ta, Dehqonobodda 14 ta, Kasbida 18 ta, Kitobda 37 ta, Kosonda 3 ta, Qamaşida 2 ta, Qarşi tumanida 4 ta, Mirişkorda 15 ta, Muborakda 5 ta, Nişonda 4 ta, Çiroqçida 23 ta, Şahrisabz tumanida 22 ta va Yakkaboğda 11 ta boğçalar oçildi. Oçiliş marosimlarida deputatlar, nuroniylar, mahalla ahli, jurnalist va blogerlar iştirok etdi.

Foto: Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Eng quvonarlisi, uşbu boğçalarning 42 tasi oldin boğça mavjud bölmagan olis mahalla hududlarida qad rostladi.

- Nevaralarim taqdiridan xavotirda edim, - deydi qamaşilik Xumora momo. - Özim 36 yil öqituvçilik qilganman. Nevara-çevaralarim ham ziyoli, Vataniga xizmat qiladigan insonlar bölib voyaga yetişlarini köradigan kunlarga yetkazganiga şukr.

Foto: Qaşqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Ma'lumot örnida, 24 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida ötkazilgan yiğilişda viloyatda maktabgaça ta'lim qamrovi va sifatini oşiriş masalalari tanqidiy muhokama qilinib, viloyatimizda ham bu borada olib borilayotgan işlar tanqid ostiga olingandi. Çiroqçi, Qamaşi va Kitob tumanlarida qamrov darajasi juda pastligi aytilgan edi. Bugun uşbu tumanlarda ham 62 ta maktabgaça ta'lim maskanlari tantanali oçilib, çinakamiga qişloq ahli va bolajonlar uçun bayram sovğasi böldi.