Tezkor ştab özaro asosda Moskva-Toşkent yönalişi böyiça Özbekiston bilan parvozlar sonini 10 iyundan haftasiga qöşimça bittaga oşirişga qaror qildi.
Şuningdek, 10 iyundan Belarus bilan Moskva-Minsk yönalişi böyiça parvozlar soni özaro asosda haftasiga ön martagaça oşiriladi. Bundan taşqari, 10 iyundan boşlab Gomel-Moskva va Polotsk-Moskva yönalişlari böyiça kunlik temir yöl qatnovi tiklanadi, Moskva-Minsk yönalişidagi “Lastoçka” poyezdlarida vagonlar soni köpaytiriladi.
Tezkor ştab Moskva-Afina yönalişi böyiça Gretsiya bilan parvozlar sonini 10 iyundan haftasiga ikkitaga oşirişga qaror qildi. Ozarboyjon (Moskva-Boku), Armaniston (Moskva-Yerevan), Qatar (Moskva-Doha) va Tojikiston (Moskva-Duşanbe) bilan havo qatnovi haftasiga bir parvozga köpaymoqda.
10 iyundan boşlab Misrga Moskva-Qohira yönalişida va Serbiyaga (Moskva-Belgrad) yettita reys amalga oşiriladi. Bundan taşqari, Moskva - Myunxen (Germaniya) yönalişi böyiça parvozlar tiklanmoqda. Berlinga parvozlar avvalroq tiklangan edi.
Şuningdek, tezkor ştab hukumatning 2020 yil 16 martdagi 635-r-sonli buyruği va sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qiliş zarurligini inobatga olgan holda, Nijnekamsk, Vladikavkaz hamda Tomsk xalqaro aeroportlaridan xorijiy mamlakatlarga parvozlarni 10 iyundan boşlab tiklaşga qaror qilinganini bildirdi.
Hozirda Rossiya 34 mamlakat bilan aviaqatnovni tikladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli Buyuk Britaniya bilan aviaqatnov 1 iyunga qadar, Tanzaniya va Turkiya bilan 21 iyunga qadar töxtatildi. 10 iyundan parvozlar uçun oçiq bölgan mamlakatlar soni yana yettitaga köpayadi.
Eslatib ötamiz, Rossiya hududiga koronavirus infeksiyasi kirişi va tarqalişining oldini oliş böyiça tezkor ştabning 25 mart kuni ötkazgan yiğilişida bir qator mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklaş yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
Mazkur qarorga muvofiq, joriy yilning 1 aprel sanasidan e'tiboran Rossiya hamda Özbekiston örtasida muntazam aviaqatnovlar haftasiga bir marotaba amalga oşirilişiga ruxsat etildi.












