Bugun, 1 iyun soat 03:40larda Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumani Zafar qişloğida yaşovçi fuqaroning boşqaruvidagi “Lasetti” avtomaşinasi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Yangi Davr” MFY hududidan ötuvçi “Termiz-Toşkent” yölida harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomaşinaga örnatilgan gaz ballonida portlaş sodir bölgan.
Natijada, avtomaşinada bölgan ikki nafar yölovçi voqea joyida vafot etgan hamda haydovçi va bir nafar yölovçi turli darajada jarohat olib, Oqoltin tumani tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.
Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.











