Anora Sodiqovaga köra, öşa şarmandali voqeadan keyin oradan bir neça yil ötsa ham, bu sudya hamon öz faoliyatini davom ettiryapti.

Sudyalar oliy kengaşi Sud inspeksiyasi sudyasi Otabek Mirzamahmudov bu vaziyat böyiça fikr bildirarkan, Kengaş prezidentning 2021 yil 12 apreldagi farmoniga asosan yangi tarkibda faoliyat boşlagani, yuqoridagi maqolada aytilgan voqealardan şaxsan xabari yöqligini, biroq kengaş tomonidan ötgan davrda bölib ötgan voqealar ham tanqidiy qayta körib çiqilişini ta'kidladi.

Kengaş matbuot kotibi Tursunali Akbarov esa jurnalistning savoli böyiça kengaş Sud inspeksiyasi tomonidan alohida örganiş olib borilişi va natijasi böyiça axborot berilişini ma'lum qildi.

Ma'lumot uçun, 2018 yilda Kun.uz saytida berilgan maqolada fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining raisi  bir muddat oldin ölgan şaxs göyoki tirik bölgani va sudda u bergan guvohlik körsatmasini işonçli deb hisoblagani, şunga asosan noxolis qaror çiqargani haqida söz yuritilgandi.

Birinçi instansiya sudi sudlanuvçini aybli deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Apellyatsiya sudida bu qaror özgartirilib, sudlanuvçiga 2 yillik şartli qamoq jazosi berilgan.