Isroil parlamenti Itsxak Gersog nomzodini mamlakat prezidentligi uçun ma'qulladi. Parlamentning 120 a'zosidan 87 nafari uning nomzodini qöllab-quvvatlagan. Bu lavozimda Itsxak Gersog Reuvin Rivlinning örnini egallaydi.
U bunga qadar diaspora munosabatlari va yahudiylarni Isroilga qaytariş bilan şuğullanadigan Yahudiylar agentligi rahbari bölgan.
Şuningdek, Itsxak Gersog sobiq prezidentning öğli bölgan ilk davlat rahbariga aylandi. Uning otasi 1983-1993 yillarda Isroilning oltinçi prezidenti bölgan Xaim Gersog hisoblanadi.
Ma'lumot uçun, Itsxak Gersog 1960 yil Tel-Avivda tuğilgan. Dastlab davlat diniy maktabida, söng Manxettendagi yahudiylar maktabida öqigan. U yurisprudensiya böyiça birinçi ilmiy darajaga ega. Kornell universiteti va Nyu-York universitetlarida tahsil olgan.
1999-2001 yillar Boş vazir huzuridagi hukumat kotibi, 2000-2003 yillar Giyohvandlikka qarşi kuraş böyiça milliy ma'muriyat raisi lavozimida işlagan. 2003 yil u Knesset(Isroil parlamenti)ga saylangan. 2005-2007 yillar Quriliş vaziri, 2006-2007 yillar Turizm vaziri, 2007-2009 yillar Jamiyat, diaspora va antisemitizm vaziri bölgan.
2013 yilda esa Leyboristlar partiyasi rahbarligiga saylangan va oppozitsiya kompaniyasiga rahbarlik qilgan. 2016 yilda u moliyalaştiriş töğrisidagi qonunni buzganlikda gumon qilingan, ammo yetarli dalil yöqligi sababli iş yopilgan. 2018 yilda yahudiylar agentligi raisligiga saylangandan keyin Knessetni tark etgan.












