Toşkent tumanlararo ma'muriy sudi soliqçilarning naqdlaştiruvçi firmalarga qarşi kuraşiga doir bir tadbirkorning arzini qanoatlantirib, xuddi şu mazmundagi boşqa bir tadbirkor da'vosini körib çiqişga qabul qilmagan edi.

Toşkent tumanlararo ma'muriy sudi  «obnal» voqeasi doirasida 2ta bir xil mazmundagi arizaning birini körib çiqib qanoatlantirgan, boşqasini esa iqtisodiy sudga taalluqli deya, körib çiqişni rad etgandi.

Kuni keça Sudyalar oliy kengaşi mas'ullari matbuot anjumanida berilgan savolga javoban bu holga munosabat bildirdi.

Kengaş vakili Malika Qalandarova yagona sud amaliyotini şakllantiriş kengaş bilan birga Oliy sudning ham vazifasi ekanini, Oliy sud amaliyotda ziddiyatlar vujudga kelganda ularni hal qiliş böyiça Plenum qarorlari qabul qilişini ta'kidladi.

Malika Qalandarova

Qalandarovaga köra, kengaş bu borada amaliyotning turli xilligini bartaraf etiş maqsadida Sudyalar klubini taşkil etgan.

U yuqoridagi vaziyatda kengaş biror bir sudyaga töğridan töğri tuşuntiriş berolmasligini, uning harakatiga yuqori instansiya sudi baho bera olişini bildirdi.

Otabek Mirzamahmudov

Kengaşning yana bir vakili Otabek Mirzamahmudov örinli masala kötarilganini, bunday ikki xil harakat fuqarolarda e'tiroz paydo qilişini qayd etdi. Biroq uşbu vaziyatda sud qarori hali muhokama bosqiçidaligi tufayli fikr bildirolmasligini, keyinçalik xilma-xillikni bartaraf etiş maqsadida seminarlar ötkazilişini ta'kidladi.