Özbekistonda «Ayollar daftari» va «Temir daftar»ga kirgan oilalarning farzandlari bepul operatsiya qilinadi. Bu haqda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi bölim boşliği Guljamol Şukurova aytib ötdi.
Ma'lum qilinişiça, voyaga yetmaganlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini olişda mas'ul tuzilmalar roli va özaro ta'sirini kuçaytiriş maqsadida ixtisoslaştirilgan yopiq turdagi ta'lim muassasalarini tark etayotgan 310 nafar bolaning ijtimoiy moslaşuvini qöllab-quvvatlaş loyihasi amalga oşiriladi.
Loyiha doirasida “Ayollar daftari”, “Temir daftari”ga kirgan oilalarning yurak kasalliklari mavjud bölgan va jarrohlik amaliyotiga muhtoj bölgan farzandlariga bepul operatsiyalar va reabilitatsiya xizmatlari taqdim etiladi.
Şuningdek, respublika miqyosida “Ayollar daftari”, “Temir daftari”ga kirgan oilalarning, Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvçi hamda lab-jağ sohasida nuqsoni bölgan, tananing turli qismlarida kuyiş oqibati plastik jarrohlikka muhtoj bölgan 200 nafar bolaga operatsiyalar va reabilitatsiya xizmatlari taqdim etiladi.
Mazkur loyiha uçun Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 550 ming AQŞ dollari miqdoridagi grant mablağlari ajratilişi rejalaştirilmoqda.












