Speedtest Global Index ma'lumotlariga köra, aprel oyida dunyodagi mobil internet tezligi örtaça 53,38 Mbit/sekundni taşkil qilgan. Örtaça tezlik ötgan oyga soliştirganda 10 foizga, ötgan yilga qiyoslaganda 72,8 foiz oşgan.
MDH davlatlari orasida Qozoğiston ösiş böyiça eng yaxşi körsatkiçga erişgan – 9 punktga yuqorilab, 95-örindan 86-öringa kötarilgan.
Undan keyingi örinlarda Belarus (+8), Özbekiston (+4), Tojikiston (+3) va Rossiya (+1) turibdi. Armaniston esa, ötgan oygi körsatkiçga nisbatan soliştirganda 4 pozitsiya pastlagan.
Mobil internet tezligi böyiça Birlaşgan Arab Amirliklari 190,87 Mbit/sek), Janubiy Koreya (186,06 Mbit/sek) va Qatar (181,43 Mbit/sek) yetakçilik qilişmoqda.
Reytingning quyi poğonasida Bangladeş (11,32 Mbit/sek) 132-örin, Afğoniston (8,18 Mbit/sek) 133-örin va Venesuela (7,73 Mbit/sek) 134-örindan joy olişgan.
Armaniston garçi ötgan oyga nisbatan 4 pozitsiya pastlaganiga qaramay, MDH davlatlari orasida yetakçi bölib qolmoqda. Armanlar jahon reytingida 82-örinda. Undan keyingi örinlarda Qozoğiston, Rossiya, Qirğiziston va Belarus kelyapti.
MDH davlatlari orasida eng sifatsiz mobil internet Özbekiston va Tojikistonda. Özbekiston 17,28 Mbit/sek tezlik bilan jahon reytingida 124-örinda, Tojikiston esa 127-örinda (13,74 Mbit/sek).
Reyting 134 ta mamlakatni qamrab olgan.











