
Sergey Denisenko Himolay toğlariga ukrainalik jamoa bilan birga çiqqan.
Noqulay ob-havo tufayli çöqqiga çiqiş 59 kunga çözilgan. Çöqqidan piyoda tuşiş uçun esa 2 kun kifoya qilgan.
Sergey Denisenko dunyodagi eng baland çöqqining zabt etilişini Özbekiston mustaqilligining 30 yilligiga sovğa ekanini aytgan. U çöqqida Özbekiston bayroği va prezident Şavkat Mirziyoyevning portreti bilan suratga tuşgan.


Ma'lum qilinişiça, Denisenko özbekistonlik alpinistlar orasida birinçi bölib Everestning Nepal davlati tomonidagi qismidan yölga çiqib çöqqini zabt etgan.
Alpinistning yaqinlari Kun.uz'ga sayohat davomida olingan suratlarni ham taqdim qilişdi.






























