Sönggi kunlarda mamlakat hududi böyiça yoz faslining boşi uçun me'yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bölgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. “Özgidromet” xabariga köra, bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelişi bilan boğliqdir.
Dam oliş kunlarida issiq yana kuçayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43 daraja issiqqaça, janubda va çöl hududlarida ba'zi joylarda 44-46 daraja issiqqaça isiydi, keçalari esa 22-27 daraja issiq atrofida, respublikaning çöl hududlarida ba'zi joylarda 30 daraja issiqqaça böladi.
Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boşlanişidir. Masalan, Toşkentda uşbu yilgaça iyun oyining birinçi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39 darajadan yuqori bölmagan.
Dam oliş kunlari respublika böyiça şamol ba'zi joylarda çangli böron bilan 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.
“Hurmatli mamlakatimiz aholisi va mehmonlari. Şunga e'tibor beringki, havo harorati 2 metr balandlikda va soyada ölçanadi! Dam oliş kunlari ayrim toğli hududlarda keçga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanişida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi ehtimoli bor”, deyiladi ma'lumotda.












