2000 va 20 000 sömlik yangi kupyuralar 14 iyundan muomalaga çiqariladi (foto)
|00:37 / 05.06.2021137 13610 min
2000 va 20 ming sömlik banknotlar 14 iyun kunidan muomalaga çiqariladi. Kupyuralar tematikasi «Buyuk Ipak yöli» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixiga bağişlangan.
2021 yilning 14 iyunidan boşlab nominal qiymati 2 000 söm va 20 000 söm bölgan banknot körinişidagi yangi pul belgilari muomalaga çiqarilişi töğrisida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yöli» va mamlakat hududidagi qadimiy Buxoro şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixiga bağişlangan.
Banknotlar himoyalangan qoğozda çop etilgan.
2000 sömlik banknot:
Ölçami 142 x 69 mm.
Banknotning öng tarafidagi oç fonda qadimgi «Buyuk Ipak yöli» karvon yölining ramzi sifatida tuya va «2000» raqami körinişida suv belgilari joylaşgan.
Banknotning öng tarafida qoğoz qatlamida kengligi 1,5 mm. bölgan «UZB» yozuvi mavjud metallaşgan va maşinada öqiladigan himoya ipi ötkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – qirmizi va oç yaşil ranglardan iborat.
Banknot old tomoni çap qismida dastlab miloddan avvalgi I asrda qad kötargan, eramizning IX-X asrlarida qayta qurilgan (hozirgi qiyofasi asosan XVI asrda şakllangan) «Buxoro arki»ning körinişi tasvirlangan.
Yuqori qismining çap tarafida özgaruvçan rangli OVI böyoğida bosilgan «2000» raqami joylaştirilgan bölib, ma'lum qiyalik burçagi körinişi ostida tilla rangdan yaşil rangga özgaradi.
Banknot yuqori öng qismida «ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI» matni, yuqori öng burçagida Özbekiston Respublikasining Gerbi qirmizi rangda joylaşgan.
Öng va çap tomoni çekkasida qirmizi rangda joylaşgan maxsus element köriş qobiliyati past bölgan insonlar uchun möljallangan bölib, böyoqning börtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlaş imkonini beradi.
Banknotning quyi qismida naqşinkor bezak asosida «latent» (yaşirin) tasvir «UZ» körinişida berilgan bölib, u yoruğlik manbaiga nisbatan ma'lum qiyalikda köriniş xususiyatiga ega.
Mavzuga oid
Quyi qismning çap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvçi «IKKI MING SÖM» yozuvi va «ÖZBEKISTON SÖMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TÖLOVLAR UCHUN ÖZ QIYMATI BÖYIÇA QABUL QILINISHI SHART» matni joylaşgan.
Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bölib, barmoq uçi bilan siypalaganda böyoqning börtmaligini seziş mumkin.
Banknot öng qismidagi oç fonda nusxa köçirişga qarşi har xil diametrdagi xalqalar joylaştirilgan bölib, nusxa köçirilganda uşbu tasvirlarda aniqlik yöqoladi.
«Xonatlas» fonida tuşirilgan Özbekiston xaritasi çizmasida kök çiziqlar bilan «Buyuk Ipak yöli»ning karvon yöllari yönalişi körsatilgan.
Yuqori çap qismida Buxoro şahrining ramzi hisoblangan «ikki örkaçli tuya» tasviri registr vazifasini bajargani holda «old» va «orqa» tomonlarini bir-biri bilan mos tuşiriş uchun xizmat qiladi. Yoruğlikka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qöşilib töliq tasvir hosil qiladi.
Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan taşkil topgan bölib, öng qismida gorizontal va çap qismida vertikal körinişda bosilgan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV-III asrlarda qadimgi karvon yöli ötgan Poykend şahrining xarobalari, ya'ni «POYKEND ARXEOLOGIYA YODGORLIGI» tasvirlangan.
Öng qismida Buxoro viloyati hududidagi “Varaxşa” arxeologiya yodgorliklaridan topilgan VIII asrga taalluqli devoriy gançkor bezak tasviri hamda miloddan avvalgi III ming yillik davriga tegişli rözğor idişi – arxeologiya topilmasi aks etgan.
Yuqori çap qismida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga çiqarilgan yil “2021” çop etilgan.
Banknotning pastki qismi çap va öng burçaklarida banknot nominal qiymati “2000” raqami oq rangda bir çiziqda hamda yuqori öng burçakda “IKKI MING SÖM” yozuvi tuşirilgan.
Pastki qismida “ÖZBEKISTON SÖMINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvçi yozuv sifatida qayd etilgan.
20 000 sömlik banknot:
Ölçami 147 x 69 mm.
Banknotning öng tarafida oç fonda qadimgi “Buyuk Ipak yöli”ning ramzi bölgan tuya va “20000” raqami körinişida suv belgilari joylaşgan.
Banknotning öng tarafida qoğoz qatlamida kengligi 3 mm.li “dinamik” effektiga ega bölgan, yuqori himoyalangan, uçta törtburçak yöl körinişidagi banknotning ustki qatlamiga çiquvçi himoya ipi joylaştirilgan.
Yoruğlik manbaida ip töliq körinişga ega bölib, banknotning istalgan qiyalik körinişida ipdagi tasvirlarda siljiş effekti paydo böladi.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – kök, binafşa va jigarranglardan iborat.
Banknot old tomoni çap qismida hozirgi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida miloddan avvalgi IV asrda qurilgan, XX asrning 30-yillarida topilgan “QÖYQIRILGAN QAL’A” me'moriy yodgorligi tasvirlangan.
Yuqori qismining çap tarafida özgaruvçan rangli OVI böyoğida bosilgan “20000” raqami joylaşgan bölib, ma'lum qiyalik burçagi körinişi ostida qirmizi rangdan yaşil rangga özgaradi.
Banknot yuqori qismida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori öng burçagida Özbekiston Respublikasining Gerbi siyoh rangda joylaşgan.
Öng va çap tomoni çekkasida joylaşgan siyoh rangdagi maxsus element köriş qobiliyati past bölgan insonlar uchun möljallangan bölib, böyoqning börtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlaş imkonini beradi.
Banknotning quyi qismida naqşinkor tasvir fonida “latent” (yaşirin) tasvir “UZ” körinişida berilgan bölib, u yoruğlik manbaiga nisbatan ma'lum qiyalikda köriniş xususiyatiga ega.
Quyi qismining çap tomonidan banknot qiymatini aks ettiruvçi “YIGIRMA MING SÖM” yozuvi va “ÖZBEKISTON SÖMI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TÖLOVLAR UCHUN ÖZ QIYMATI BÖYIÇA QABUL QILINISHI SHART” matni joylaşgan.
Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bölib, barmoq uçi bilan siypalaganda buyoqning börtmaligini seziş mumkin.
Banknot öng qismidagi oç fonda nusxa köçirişga qarşi har xil diametrdagi xalqalar joylaştirilgan bölib, nusxa köçirilganda uşbu tasvirlarda aniqlik yöqoladi.
Yuqori qismdagi Özbekiston xaritasi çizmasida oç çiziqlar bilan “Buyuk Ipak yöli”ning karvon yöllari yönalişi körsatilgan.
Yuqori çap qismidagi Qoraqalpoğiston xalqining kaştaçilik matolarida qöllaniladigan naqş bezagi tasviri registr vazifasini bajargani holda “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tuşiriş uchun xizmat qiladi. Yoruğlikka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qöşilib töliq naqş hosil qiladi.
Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan taşkil topgan bölib, öng qismida gorizontal va çap qismida vertikal körinişda bosilgan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV asrga tegişli bölgan, Sulton Uvays toğlaridan janubiy şarqqa qarab ketgan balandliklar tepasida joylaşgan “JONBOS QAL’A ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
Öng qismida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Orol-Kaspiy dengizi oraliğida yaşagan xalqlarga tegişli sopol idiş hamda miloddan avvalgi I asrga tegişli qadimiy aholi tomonidan zardöştlik marosimlarida foydalanilgan tuya körinişidagi artefakt aks etgan.
Uşbu tasvirlar metallograf bosma usulida, ikki xil rang (siyohrang va jigarrang)da aniq çegaralangan holda bosilgan bölib, barmoq uçi bilan siypalaganda böyoqning börtmaligini seziş mumkin.
Yuqori çap qismida “ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga çiqarilgan yil “2021” çop etilgan.
Banknotning pastki qismi çap va öng burçaklarida banknot nominal qiymati “20000” raqami oq rangda bir çiziqda hamda yuqori öng burçakda “YIGIRMA MING SÖM” yozuvi tuşirilgan.
Pastki qismida “ÖZBEKISTON SÖMINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvçi yozuv sifatida qayd etilgan.
Muomalaga çiqarilayotgan qiymati 2 000 söm va 20 000 söm bölgan pul belgilari ayni paytda muomalada bölgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda barça xöjalik yurituvçi sub'yektlar va aholi tomonidan öz qiymati böyiça barça turdagi tölovlar uchun heç qanday çeklovlarsiz qabul qilinishi shart.