Daniyada istiqomat qilgan vaqtim köpçilik Daniyaga boriş yöllari haqida söragandi. UzbekLife kuzatuvçilari uçun uşbu maqola orqali Daniyaga boriş yöllari haqida ma'lumot bermoqçiman.
1. Sayyohlik vizasi orqali. Daniya Şengen hududiga kiruvçi 26 ta davlatdan biri. Demak, Daniyaga taşrif buyurişning eng oson yöli – sayohat uçun Şengen vizasini oliş.
Bunda Şengen hududiga kiruvçi istalgan davlatning Özbekistondagi elçixonasiga kerakli hujjatlarni topşirasiz, tamom. Sayyohlik vizasini olişda talab etiladigan eng muhim hujjatlar: bank hisobingizda sayohat davomidagi xarajatlaringizni töliq qoplaşga yetarli mablağ borligi körsatilgan ma'lumotnoma, boriş-keliş samolyot çiptalari, suğurta polisi va sayohatingiz davomida qoliş uçun biror mehmonxona yoki kvartira ijaraga olingani (Booking.com, Airbnb.com va h.k. orqali) haqidagi ma'lumotnoma.
2. Iş vizasi. Iş vizasining köp turlari bor. New to Denmark saytiga kirsangiz, iş vizasiga ariza topşiriş sahifasi sizdan 2 ta savol söraydi:
Siz olimmisiz? Ha/Yöq.
Daniyada maoşli iş taklifini olganmisiz? Ha/Yöq.
Ikkala savolga ham yöq javobini bersangiz, quyidagi viza turlariga topşirişingiz mumkinligi aytiladi:
A. Establishment card. Daniya oliygohida magistratura yoki doktoranturani tamomlab, Daniyada işlab qolmoqçi bölganlar uçun. Öqiş tugadi, yaşaş ruxsatnomangiz muddati ham. Şunda Establishment card’ga topşirasiz va sizga iş topişingiz uçun yana 2 yillik yaşaş ruxsati beriladi.
E'tibor bering! Öqiş tugaganidan keyin 1 yil içida topşirişingiz kerak. Keyin topşirolmaysiz.














