Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi boşqarmasi boşliği Abdumalik Jalilov Özbekistonda joriy qilinayotgan yangi konsepsiya – minimal iste'mol xarajatlari yuzasidan qöşimça tuşuntiriş berdi.

«440 ming söm deya qabul qilingan raqam uzoq örganişlar, sörovlar natijasida hisob-kitob qilib çiqarilgan. Ta'kidlaş joiz, bu dastlabki hisob-kitoblar bölib, yil yakuniga qadar bu raqam özgarişi mumkin», – dedi u «Xulosa özingizdan» körsatuvidagi çiqişida.

Vazirlik rasmiysining sözlariga köra, minimal iste'mol xarajatlari me'yorini minimal iş haqi bilan boğlaş çuqur örganişlarni ötkazişni talab etadi.

«Sababi, kambağallikni qisqartirişning asosiy instrumentlaridan biri doimiy va sifatli iş örinlarini yaratiş hisoblanadi, eng kam oylik iş haqining oşişi esa biznes tomonidan iş örinlarini qisqartiriş yoki xufiyona iqtisodiyotga ötişni rağbatlantirişi mumkin.

Şuning uçun ham minimal iste'mol xarajatlari me'yorini minimal iş haqi bilan töğridan töğri boğlaşdan oldin mehnat bozorini kompleks tadqiq qiliş talab etiladi», – deya Abdumalik Jalilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, 31 may kuni respublika aholisining minimal iste'mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga köra kişi boşiga bir oyda 440 ming söm ekani e'lon qilindi.