Taşrif davomida YeTTB delegatsiyasi boş vazir örinbosarlari – Sardor Umrzoqov va Jamşid Qöçqorov bilan uçraşuvlar ötkazadi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Taşrif davomida Özbekistonning ğarbiy qismi bölgan Urganç şahrida YeTTBning yangi mintaqaviy vakolatxonasi oçiladi.
Şuningdek, ikki tomonlama infratuzilma va moliya sektorini rivojlantiriş böyiça loyihalar imzolanişi va bir qança taşabbuslar ilgari surilişi kutilmoqda.
Xususan, taşkilot atrof-muhit ifloslanişining oldini oliş va 2050 yilga qadar Özbekistonning uglerod neytralligini ta'minlaşga doir loyihalarni amalga oşiradi.
Qayd etilişiça, YeTTB 2020 yilda COVID-19 bilan boğliq oğir vaziyatda milliy iqtisodiyotning turli sohalarida umumiy qiymati 521 million dollarga teng bölgan 18ta loyihani amalga oşirgan. YeTTB mablağlari mamlakat bank sektori va xususiy kiçik firmalarning moliyalaştiriş imkoniyatlarini qöllab-quvvatlaş, asosiy infratuzilmani yangilaş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirişga sarflangan.
Bugungi kunga qadar taşkilot Özbekiston iqtisodiyotiga 97ta loyihani amalga oşiriş orqali 2,4 milliard yevrodan ortiq mablağ kiritgan.












