Agentlik xabariga köra, joriy yil 12 apreldan 24 maygaça bölgan muddatda talabgorlarga kompaniyaga taşrif buyuriş, joyiga çiqqan holda örganişlar ötkaziş, kompaniya rahbariyatiga qöşimça savollar beriş va ular bilan suhbat ötkaziş imkoniyati berildi.
Şuningdek, talabgorlardan (va ularning vakolatli maslahatçilaridan) kelib tuşgan tuşgan savollarga javoblar berilib, menejment taqdimoti sessiyalari va onlayn muloqotlar ötkazildi hamda talabgorlarga davlat uluşini oldi-sotdi şartnomasi loyihasi taqdim etildi.
“Bugungi kunda talabgorlardan kompaniyani sotib oliş böyiça qat'iy narx takliflari va oldi-sotdi şartnomasi loyihasiga qöşimça taklif hamda izohlari olindi.
Mazkur takliflar “Rothschild & Cie” investitsiya banki va “Dentons” yuridik firmasi bilan birgalikda örganib çiqilib, Davlat tender komissiyasi tomonidan sotiş jarayonining yakuniy bosqiçini taşkil etiş böyiça qaror qabul qilindi.
Mazkur bosqiçda davlat uluşini sotiş narxini aniqlaştiriş va oldi-sotdi şartlarini yaxşilaş maqsadida talabgorlar bilan qöşimça muzokaralar ötkaziladi. Natijasi böyiça savdo ğolibi kompaniya ikkinçi mulkdori bilan kelişilgan holda Davlat tender komissiyasi qaroriga muvofiq e'lon qilinadi”, deyiladi “Davaktiv” xabarida.
Avvalroq, agentlik rahbari Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan'da davlat uluşini amalga oşirişning yakuniy bosqiçiga yaqinlaşayotgani haqida aytib ötgandi.
Eslatib ötamiz, 2020 yilda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Coca-Cola Uzbekistan ustav kapitalida 57,1 foiz sotilişi töğrisida e'lon qildi, qolgan 42,9 foiz esa The Coca-Cola Export Corporation (AQŞ)ga tegişli. Davlatning öz uluşini sotiş rejalari 2018 yilda ma'lum böldi.
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd 1993 yildan beri işlab kelmoqda. Bugungi kunda qöşma korxona Toşkent, Namangan va Urgançda joylaşgan uçta zavodga egalik qiladi hamda Özbekistonda gazlangan içimliklar işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya hisoblanadi. 2019 yilda kompaniyaning bozordagi uluşi qariyb 47 foiz bölgan.














