Özbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi va Coca-Cola Uzbekistan hamkorligida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qiliş kuni munosabati bilan ekologik tadbirlar taşkil etildi. Uşbu tadbirlar doirasida 4 iyun kuni uçta zamonaviy yönaliş: soğlom turmuş tarzi, atrof-muhitga ğamxörlik hamda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini özida mujassam etgan yuguriş va çiqindilarni yiğiş böyiça eko-poyga taşkil etildi.

Tadbir ikki oydan ortiq vaqt davomida poytaxt oliy öquv yurtlari örtasida ötkazilayotgan #PET2NATUREUZ çellenjining navbatdagi bosqiçi böldi. Eko-çellenj va plogging davomida yiğilgan plastmassa qayta işlaş va Qoraqalpoğistondagi yovvoyi hayvonlarni suğorişga işlatiladigan geomembran işlab çiqariş uçun foydalaniladi. Uşbu material çöldagi yovvoyi hayvonlarga suv içişlarida yordam beradi. Geomembran Qoraqalpoğistondagi qöriqxonalardan biriga 17 iyun kuni nişonlanadigan Umumjahon çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş kuniga qadar örnatiladi.

Kelgusida uşbu tadbirlar Orol dengizining ekologik falokat zonasidagi tabiiy muhitning kiçik maydonini yaxşilaydi va “yaşil” texnologiyalar, tabiatdagi suv resurslarini qayta işlaş va qayta tiklaşning keng imkoniyatlarini namoyiş etadi.

Çellenjda iştirok etgan universitetlar va iştirokçilarga taşakkurnomalar topşirildi. Bundan taşqari, barça iştirokçi universitetlarda qayta işlangan plastmassadan skameykalar örnatiladi, ular çellenj hamkori Sanfa tomonidan işlab çiqariladi. Çellenj ğolibi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti boş sovrin: yangi öquv yilida universitet talabalari uçun ötkazilişi rejalaştirilayotgan “Movie night by Coca-Cola” uçun sertifikat bilan taqdirlandi.

“ Coca-Cola’ning maqsadi dunyoni yangilaş va uni yaxşi tomonga özgartirişdir. Biz bu maqsadimizga dunyo miqyosida 137 yil, Özbekistonda esa 30 yil davomida sodiq qoldik. Jahon atrof-muhitni muhofaza qiliş kunida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, “EKOMAKTAB” nodavlat notijorat taşkiloti va Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Özbekistondagi Taraqqiyot dasturiga atrof-muhitni yaxşilaş, çiqindilarni töplaş va qayta işlaş, şuningdek, çekka hududlarda içimlik suvi bilan ta’minlaş va suvni tabiatga qaytarişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişdagi hamkorlik va qöllab-quvvatlovlari uçun minnatdorçilik bildiraman. Ekologiya sohasida innovatsion yeçimlarni tatbiq etgani uçun “Sanfa Producs” kompaniyasiga esa alohida minnatdorçilik bildiraman,” — dedi Coca-Cola Icecek kompaniyasining Özbekistondagi boş menejyeri Ezel Agaöğlu.