Prezident Şavkat Mirziyoyev qişloq xöjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantiriş orqali aholi bandligini ta'minlaş, şuningdek çorva, parranda va baliq mahsulotlarini köpaytiriş böyiça vazifalar ijrosiga oid videoselektor yiğilişida oziq-ovqat ta'minoti masalasiga jiddiy e'tibor qaratişni talab qildi.
«Oziq-ovqat ta'minoti masalasini öta jiddiy topşiriq sifatida qabul qilinglar. Çunki aholi ta'minoti birinçi galdagi masala.
«Baliqsanoat» yil yakuniga qadar 400 ming tonna mahsulot yetiştirişga şaxsan mas'ul. Joriy yil yakunigaça 317ta loyihani işga tuşiriş orqali, 20 ming gektar yangi maydonlarda baliq yetiştirişni yölga qöyişi va qöşimça 200 ming tonna mahsulot olişi şart. Şuningdek, 2021 yilda çorvaçilik sohasida umumiy qiymati 4,5 trillion sömlik 1 mingdan ortiq loyihalarni amalga oşirişi zarur.
Joriy yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazişga 200 milliard söm ajratiladi. Ikki oy muddatda uşbu mablağlar hisobidan kamida 100 ming gektar yerni ozuqa-yem yetiştirişga moslaştirişi zarur.
Buxoro va Qaşqadaryoda çorvaçilikni rivojlantiriş dasturlari doirasida yil yakuniga qadar Zaripov 2,5 ming gektar, Z.Mirzayev 5 ming gektar yaylovlarni özlaştirişi kerak», dedi davlat rahbari.











