Çimboy tumani meteostansiyasiga atmosfera havosidan içimlik suvini işlab çiqariş «atmosfera suv generatori» (Airaqua - 7-ta tozalaş filtridan iborat) qurilmasi işga tuşirildi. Bu haqda «ÖZSUVTA'MINOT» AJ xabar berdi.

Qayd etilişiça, mazkur qurilma içimlik suvi yetib bormagan va yetkazib beriş iqtisodiy jihatdan qimmatga tuşadigan hududlarga moslaştirilgan. Innovatsion texnologiya sinov tariqasida yölga qöyildi. 

Undan olinayotgan statistik ma'lumotlardan foydalangan holda respublikamizdagi boşqa meteostansiyalarga örnatiş rejalaştirilmoqda. Ta'kidlanişiça, uşbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv oliş imkonini beradi.

Qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgaça içimlik suvi yetkazib beriş imkonini beradi. 

Eslatib ötamiz, bundan oldin Qoraqalpoğistonning 14 tumanidagi 21 ta hududda toza içimlik suvi çiqarilgandi.