Davlat statistika qömitasi ma'lumotiga köra, 2 iyun holatiga respublika bozorlarida 1 kg sabzi 2 500 sömdan 7 000 sömgaça sotilmoqda. Körsatilgan sanadan bir hafta oldin, 26 may kuni mahsulotning maksimal narxi 5000 sömgaça sotilayotgani xabar qilingan.

Ayni paytda esa sabzi asosan 5000 söm atrofida sotilayotgani aytilmoqda. Mutaxassislar mahsulotning ulgurji va çakana savdolarda qimmatlaşganiga bir neça omillarni keltirişyapti. Xususan, bu yil sabzining kam ekilgani va unga bölgan talab ortib borayotgani asosiy sabablardan biridir.

Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi vakilining ta'kidlaşiça, sabzi ekiş tufayli bir neça yildan buyon körilgan zarar dehqonlarni boşqa ekin ekişga majbur qilgan. Oqibatda narxlar kötarila boşlagan.

«Nega sabzi narxi 5 ming sömga kötarilgani heç kimni öylantirmayotganga öxşaydi. Nima uçun kilosi 500 sömga tayyor böladigan sabzi narxi 5 ming sömga çiqib ketdi? Sababi dehqonlar 2-3 yildan beri zarar qilmoqda, şuning uçun sabzi ekmay qöyişdi. Ular hatto mahsulotni saqlaş uçun sovitkiç pulini ham çiqara olmaydigan darajaga kelişgan. Odam zarar qilaversa, boşqa ekin ekişga ötadi», dedi u.

Qayd etilişiça, koronavirus pandemiyasi davrida töy-marosimlar, turli tadbirlar töxtatilgani sababli töyxona, restoran, kafe va boşqa ovqatlaniş markazlari işlamadi va sabzavot saqlaydigan sovitkiçi bor tadbirkorlarga imtiyozlar berilmadi. Şu sababli ular katta zarar körişgan.

«2019 yilda sabzilar köp va tartibsiz ekilgani, qayta işlaş korxonalari xarajatlari qimmatga tuşgani bois, keyingi yilgi ekişlar miqdori kamaya boşlagan. Yana bir muammo gaz narxi qimmatligi bilan boğliq. Masalan, aholi gaz uçun 380 sömdan tölasa, qayta işlaş korxonalari 680 sömdan tölaydi. Bu notöğri deb öylayman. Issiqxonalar ming sömdan tölaydi.

Meva-sabzavotga hamma joyda subsidiya beriladi. Çunki uning narxi oşib ketmasligi va iste'mol uçun yetarliça ekilişi uçun şunday qilinadi. Lekin qayta işlaş korxonalari sarflagan gaz uçun tölovni aholiniki bilan teng qilib qöyiş kerak. Misol uçun, Xitoyda aholiga gaz 380 söm bölsa, meva qayta işlaş korxonasi uçun 160 söm», deydi manba.

Sabzi narxi qimmatlaşiga yana bir sabab sifatida uning uruği va mahsulot yetiştiriş xarajatlari ortgani, bir neça yillar davomida xarajatlar özini oqlamagani aytilmoqda.