Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida yölda harakatlanib ketayotgan yuk maşinasi ağdarilib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun, 8 iyun kuni soat 10:30 larda, M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Toşkent viloyati, Yangiyöl tumani hududidan ötgan 828-kilometrida, 1988 yilda tuğilgan haydovçi K.B. MAZ-516 rusumli yuk maşinasi bilan harakatlanib ketayotganda boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda yuk maşinasi yölga ağdarilib ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisada heç kim tan jarohati olmagan. Faqat yuk maşinasi jiddiy şikastlangan. Ta'kidlanişiça, yuk maşinasini yöldan oliş çoralari körilgan va mazkur yöl-transport hodisasi yuzasidan Yangiyöl tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda Isuzu yuk maşinasi Zarafşon daryosi qirğoğiga ağdarilib ketdi












