AQŞning «Qöş burgut» nomli 20 dollarlik oltin tangasi Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoşdi savdosida rekord narxga – 19,5 mln dollarga sotildi. Uşbu tanga AQŞda muomalaga kiritişga ruxsat berilgan oxirgi oltin pul birligi hisoblanadi.
Tanganing old tomonida Ozodlik ma'budasi, orqa tomonida esa AQŞning milliy ramzi hisoblangan oqboş burgut tasvirlangan. Uşbu tanga 1933 yilda çiqarilgan va heç qaçon muomalada bölmagan. AQŞ prezident Franklin Delano Ruzvelt davrida oltin standartdan voz keçgan. Bungaça tayyorlab qöyilgan tilla tangalar eritib yuborilgan, biroq ulardan bir neçta saqlanib qolgan.
2002 yildan beri tangaga amerikalik poyabzal dizayneri Styuart Vaytsman egalik qilib kelgan. U tangani 7,6 mln dollarga sotib olgan. Tanganing yangi xaridori ismi noma'lum.
Şuningdek, auksionda Vaytsmanga tegişli dunyodagi eng qimmatbaho poçta markasi «Britan Gvianasi» 8,3 mln dollarga sotildi. Dizayner 1856 yilda çiqarilgan markani 2014 yilda rekord narxga – 9,5 mln dollarga sotib olgan. Markaning yangi egasi markalar sotiş böyiça dunyodagi eng qadimgi dilerlik kompaniyasi Stanley Gibbons böldi.
Vaytsman tilla tangani va noyob markani sotişdan tuşgan mablağni özining xayriya loyihalariga yönaltirişini aytgan.

















