Vazirlik xabariga köra, kuni keça soat 15:16larda Toşkent şahar Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” MFYdan oqib ötuvçi “Börijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tuşgan fuqaro çökişni boşlagan. Bu vaqtda aynan uşbu hududda nazorat olib borayotgan Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining ikki nafar xodimi çökayotgan fuqaroni körib, qutqaruv işlarini amalga oşirgan.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxöjayev va I.Murodov fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qolgan. Şundan söng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak), keyinçalik S.Q. özboşimçalik bilan takroran özini suvga taşlagan.
Qutqaruvçilarning sa'y-harakati tufayli ikkala fuqaroning ham hayoti saqlab qolingan. Biroq, qutqaruvçi A.Azimxöjayev xizmat vazifasini bajariş çoğida jasorat körsatib halok bölgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda barça şaxsiy tarkibi qutqaruvçi A.Azimxöjayevning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan.












