AQŞ prezidenti Jo Bayden xorijga ilk safarini boşladi. Oq uy rahbarining samolyoti Vaşingtondagi aviabazadan Buyuk Britaniyaga yöl oldi.
Bayden Yevropaga safari doirasida Yettilik guruhi, NATO, AQŞ-YeI sammitlarida qatnaşadi.
AQŞ prezidenti 10 iyun kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson bilan uçraşuv ötkazadi. Ertasi kuni Karbis-Bey şahrida Yettilik guruhi (Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada, AQŞ, Fransiya, Germaniya va Yaponiya) sammiti boşlanadi.
Bayden 13 iyun kuni qiroliça Yelizaveta II tomonidan qabul qilinadi.
Bryusselda AQŞ prezidentini Belgiya qiroli Filipp qabul qiladi va Bayden mamlakat boş vaziri Aleksander De Kroo bilan uçraşadi.
Şuningdek, Bayden Jyenevada Şveytsariya prezidenti Gi Parmelen va taşqi işlar federal departamenti rahbari Inyatsio Kassis bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Sammitlar doirasida AQŞ prezidenti yiğilişga taşrif buyurgan boşqa davlatlar rahbarlari bilan ham uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirgan.
16 iyun kuni esa Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi.












