Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Qatar boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri şayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Köp qirrali Özbekiston-Qatar munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik sur'ati keyingi yillarda jadallaşib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, yuqori darajadagi taşriflar va siyosiy maslahatlaşuvlar ötkazildi, tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ösmoqda. Işbilarmonlik va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni rağbatlantiriş maqsadida Qatar fuqarolari Özbekistonda bölişi uçun viza tartibi soddalaştirildi.

Özbekiston Prezidenti Qatar Amiri şayx Tamim Ol Soniyni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizga kelişga yana bir bor taklif etdi.

Qatar delegatsiyasi rahbari, öz navbatida, iliq qabul uçun Özbekiston yetakçisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qatar Amirining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda davlatimiz rahbari birinçi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, şuningdek, bugun imzolangan Havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy şeriklikni yölga qöyiş va kengaytiriş muhim ekanini ta'kidladi.

Qöşma investitsiya jamğarmasini taşkil etiş, Qatarning yetakçi kompaniyalari va bank-moliya institutlarini jalb qilgan holda sanoat tarmoqlarida zamonaviy işlab çiqarişlarni işga tuşiriş, mamlakatimizda qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş böyiça istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlaş va ilgari suriş muhimligi qayd etildi.

Bundan taşqari, ta'lim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almaşinuv dasturlarini amalga oşirişdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Xalqaro siyosatga doir va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Qatar taşqi siyosiy idorasi rahbari Özbekistonning Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etişga va uşbu mamlakatning iqtisodiy tiklanişiga kömaklaşiş borasidagi faol sa'y-harakatlarini yuksak baholadi va qöllab-quvvatladi.