Tojikiston fan va ta'lim vaziri Muhammadyusuf Imomzoda boşçiligidagi delegatsiya Samarqandga taşrif buyurdi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun, 9 iyun kuni Tojikiston fan va ta'lim vaziri Muhammadyusuf Imomzoda boşçiligidagi delegatsiya Samarqand şahriga taşrif buyurgan. Mehmonlarni xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov, viloyat hokimining örinbosari Xurşid Oçilov hamda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Zebiniso Şodiyeva kutib olgan.
Qayd etilişiça, Muhammadyusuf Imomzoda boşçiligidagi delegatsiya Urgut tumani «Mergança» massivida Tojikiston homiyligida qurilgan maktabning oçiliş marosimida qatnaşiş uçun kelgan.

Ta'kidlanişiça, Urgut tumani «Mergança» massivida yangi qurilgan maktab 640 öquvçi örniga möljallangan bölib, uning oçiliş marosimi ertaga, 10 iyun kuni soat 13:00da bölib ötişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Tojikistonda Özbekiston hisobidan, Özbekistonda Tojikiston hisobidan maktab qurib beriş haqida kelişuv Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 9–10 mart kunlarida Tojikistonga amalga oşirgan davlat taşrifi davomida imzolangandi. Tojikistonning Suğd viloyati Spitamen tumanida Özbekiston hisobidan qurilgan 640 örinli maktab 2020 yil 20 sentyabrda oçilgan edi.












