Iqtisodçi, AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoşimov davlat taşkilotlaridagi «budjetdan taşqari mablağlar» xususida fikr bildirdi.

«Budjetning qaysidir qismiga «budjet» deb nom qöysak, qolganiga unday nom bermasak, «budjet» deb nomlanmagan qismi budjetmas bölib qolmaydi. Bu bojxona bojlarini «soliq» deb nomlamaganimiz uçun, ular soliq bölib qolmaydi, degan gapdek, göyo. Şuning uçun ham, qonunan, sudlar buni hal qilişi kerak, masalan, xalq pulini «budjetmas» qismi bölişining qonuniyligi haqida menga fikr eşitiş qiziq.

Ikkinçi tarafdan, davlat hokimiyat idoralarining özlari mablağ topişlari ham ğalati. Agar bordi-yu, ular bexosdan yoki qandaydir sabablarga köra, pul topib qöyişsa, barça yiğilgan pullarini budjetga ötkazişlarini ta’minlovçi qonun bölişi kerak. Masalan, deylik, jarima orqali yiğilgan pullar, öşa jarimalarni yiğgan idoraga emas, töğri budjetga, ya’ni Moliya vazirligiga ötişi kerak. Bu şunçalik muhim narsaki, davlatdan mustaqil faoliyat olib boradigan Markaziy bank ham, agar, qandaydir operatsiyalar natijasida foyda körsa, şu foydaning yuz foizini budjetga ötkazişi kerak (eng mustaqil MBlar ham şunday qilişadi).

Bordi-yu, öz xarajatlarini öşa idora moliyalaştirmoqçi bölsa, marhamat, budjetga kiritib, qonuniy tarzda pulni olişsin, «budjetdan taşqari» işlatilayotgan pullar qomusimizning asosiy prinsiplariga zid. Şunda, menimça, davlat organlari iloji boriça pul topiş degan maqsaddan voz keçadi va budjetdan taşqari fondga qanday qilib pul topiş bilan emas, özlarining qonuniy mas’uliyat va vakolatlariga amal qiliş bilan band böladilar.

Uçinçi masala, davlat korxonalari ham, idealda, kvazifiskal (budjet-soliq siyosatining örnini bosuvçi) işlar qilmasligi kerak. Masalan, davlat korxonasi qandaydir park qurişi, kutubxona, mehmonxona qurişi yoki sport klubiga pul berişi, hatto nogiron bolalar uçun oromgoh qurişi ham, albatta, katta xato. Bizda budjet qonunlari bor. Budjetni xalq vakillari körib çiqadi va prezident tasdiqlaydi. Xalq pulini taqsimlaş şaffof va odil bölişi uçun bizda qonuniy mexanizmlar mavjud. Lekin davlat korxonasi qaysidir köçada truba aliştirişi, bu mavjud bölgan qonuniy prinsiplardan çetlanib, davlat va hukumatning, eng muhimi, budjetni taqsimlaş uçun yagona davlat idorasi – Qonunçilik palatasining vakolatlarini korxona rahbariyatiga berişga tenglaşib qoladi. Davlat korxonasi topgan foyda – uning aksioneri, ya’ni xalqniki, demak xalqning pulidek taqsimlanişi ham kerak. Korxona rahbariyati bu işni qilişi, butun boşli davlat apparatining örnini bosişdek gap. Bu yaxşi emas. Xuddi Davlat soliq qömitasi, yiğgan soliqlarni özlari xohlagan joyga taqsimlamasliklari kabi, davlat korxonalari ham, topgan foydalarini «fiskal maqsadlarda», ya’ni notijoriy maqsadlarda sarf etişi, albatta, tugatilişi kerak», deya ta’kidladi iqtisodçi.