«Bugun özbek segmentidagi ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida Mudofaa vazirligi tomonidan xarid qilinişi rejalaştirilgan ruçkalarga oid xabar keng muhokamalarga sabab böldi. Albatta, fuqarolarimizning soliq tölovçi pozitsiyasidan turib bildirayotgan bu kabi fikrlarini hurmat qilamiz va bunga e’tiborsiz emasmiz.

Ma’lumki, keyingi yillarda Özbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar örtasida harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik rivojlanib, aloqalar tobora kengayib bormoqda. Öz örnida, uşbu hamkorlik asosini mustahkamlaş borasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar imzolanyapti.

Ayni paytda Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va xorijiy davlatlar mudofaa idoralari bilan özaro hamkorlik bitimlari haqidagi muhim hujjatlarni imzolaş rasmiy tadbirlarida foydalanib kelingan kanselyariya jihozlarini yangilaşga ehtiyoj paydo bölgan va ularning foydalaniş muddati yakuniga yetmoqda.

Şu bois kelgusida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati iştirokidagi xorijlik hamkorlar bilan amalga oşiriladigan protokol tadbirlarini yuqori saviyada taşkillaştiriş va Mudofaa vazirligi nufuzini saqlaş maqsadida istiqbolda xalqaro miqyosdagi taniqli firmalarning kanselyariya aşyolaridan foydalaniş rejalaştirilgan. Ya’ni xalqaro tadbirlarda Özbekiston Respublikasi rasmiy vakillari tomonidan foydalaniş uçun qöllaniladigan aşyolar xalqaro nufuzga loyiq darajada bölişi şart, deya hisoblanadi.

Şu maqsadda mazkur turdagi mahsulotlarni yetkazib beruvçi mahalliy tadbirkorlarning takliflarini örganiş uçun vazirlik işlar boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi tovar xom-aşyo birjasining maxsus axborot portali exarid.uzex.uz saytiga ruçka xarid qilinişi haqidagi e’lon joylaştirildi.

Şuni alohida ta’kidlaş joizki, e’londa körsatilgan narx yakuniy töxtam emas, balki bozor qoidalariga köra tadbirkorlik va mahsulot yetkazib beriş bilan şuğullanadigan korxona va taşkilotlarning mahsulot va narxlar böyiça barça takliflari örganiladi, tanlov asosida yakuniy xulosaga kelinadi. Xuddi şunday talablarga javob bera oladigan boşqa firmalarga tegişli mahsulotlar taklifi ham örganib çiqiladi.

Ijtimoiy tarmoq faollari va davlatimiz budjeti sarfiga befarq bölmagan barça yurtdoşlarimiz bilişini istardikki, uşbu mahsulot vazirlikning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan xarid qilinişi közda tutilgan», deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lumotida.

Qöşimça qilinişiça, bugungi kunda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism, muassasa va bölinmalar qoşida xöjalik hisobida faoliyat yurituvçi işlab çiqariş korxonalari hamda yordamçi xöjaliklar (issiqxona, baliqçilik, asalariçilik, çorvaçilik, boğdorçilik, ekin maydonlari) mavjud bölib, ular vazirlikning budjetdan taşqari mablağlarini şakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanadi.