– Alişer Saidabbosoviç, davlat rahbarlari iştirokida Tojikiston bilan energetika sohasida qanday şartnomalar imzolandi?
– Hammamiz yaxşi bilamizki, Tojikiston bilan energetik hamkorlik ahamiyati juda katta. Hamkorlikda möljallangan loyihalarimiz ham ulkan. Xususan, Zarafşon daryosi havzasida gidroelektr stansiyalar quriş böyiça Tojikiston Respublikasi hukumati va Özbekiston Respublikasi hukumati örtasidagi bitim imzolandi.
Bu bitimga asosan, Tojikiston Respublikasining Zarafşon daryosi havzasida gidroelektr stansiyalar qurilişi ikki bosqiçda amalga oşiriladi.
Birinçi bosqiçda, yiliga örtaça 800 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi, quvvati 140 megavattga va prognoz qiymati 282 million AQŞ dollariga teng «Yovon» gidroelektr stansiyasini quriş işlari bajariladi.
Ikkinçi bosqiçda, yiliga örtaça 600 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi, quvvati 135 megavattga va prognoz qiymati 270 million AQŞ dollariga teng «Fandaryo» gidroelektr stansiyasini quriş imkoniyati örganib çiqiladi.
Loyiha buyurtmaçisi etib, tomonlar iştirokida taşkil etiladigan aksiyadorlik jamiyati belgilanadi. Loyiha xalqaro moliya taşkilotlarining qarz va grant mablağlari hamda ta'sis qilinadigan qöşma korxona ustav jamğarmasiga kiritiladigan tomonlarning öz mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.
– Bu bitimlarning amalga oşişi Özbekiston energota'minotida qanday özgarişlarga olib keladi?
– Imzolangan bitim investitsiya loyihasini örganiş va tayyorlaş hamda mazkur tadbirlarni amalga oşiriş uçun qöşma korxona taşkil qiliş bosqiçlari va mexanizmini belgilaydi.
Bu Özbekiston energota'minotiga nima beradi, degan savolga kelsak, şuni ham ta'kidlaş joizki, quriladigan gidroelektr stansiyalar Özbekiston Respublikasi ehtiyojlari uçun 1 milliard 400 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasini işlab çiqaradi.
Bundan taşqari, gidroelektr stansiyalarni quriş va undan foydalaniş davrida qöşimça yangi iş örinlari yaratilib, Özbekiston va Tojikistonning boşqa mintaqalariga paritetlik asosida elektr energiyasi oqimini ta'minlaydi.
– Qurğoqçilikning belgilangan rejalarga ta'siri qanday böldi va bundan keyingi loyihalar bu faktor hisobiga qayta körib çiqilyaptimi?
– Ma'lumki, Özbekiston uç yildan buyon Tojikiston Respublikasidan mavsumiy elektr energiyasi import qiladi. Ammo bu import körsatkiçi kamayib boryapti. Jumladan, özaro şartnomaga asosan 2020 yil may-sentabr oylarida jami 1,2 mlrd kVt soat elektr energiyasini import qiliş belgilangan bölsa, amalda kamroq – 566,7 mln. kVt soat elektr energiyasi import qilindi.

















