(Men körgan Yevropa çempionatlariga bağişlanadi)
Keçagidek esimda…
Yevropa çempioni bölgan Portugaliya butun turnir davomida faqat bir marta asosiy vaqtda kimnidir yutdi. Yarim finalda Uelsni. Kriştianu va Beyl qarama-qarşiligi köpçilikda qiziqiş uyğotgandi. Ammo öşa öyinni köra olmaganman, afsuski.
Yöq, afsuski emas, öşa kuni kiçik qizim tuğilgan. Ramazonning oxirgi kuni edi, tuğruqxona hovlisida «oğzimni oçib», yarim tungaça kutib ötirganman. Portugallarning finalga çiqqanini ertasiga eşitgandim.
… Men yoşligimdan beri muxlislik qiladigan italiyaliklar Niderlandiyaga yirik hisobda mağlubiyatga uçraganini oğir qabul qildim. Nega, degan savol miyamda çarxpalakdek aylanaverardi. Ötirib yozdim, savollarga javob qidirib kördim. Aslida nima uçun yozganimni, buni kimdir öqişi mumkinmi yoki yöqmi bilmasdim ham. Nihoyat kerakli saytni topib, maqolamni muxlislarga havola qildim. Şu şu çempionatning har bir öyinini nazardan qoçirmasdan, fikrlarimni qoralab borişga harakat qildim. Öşanda uff.uz saytida izohlar yozilardi, mualliflar yozgan maqolalari haqida muxlislarning fikrlarini öqişlari yangilik va juda qiziq edi. Öşa Italiya haqidagi ilk maqolam e'lon qilingan kuni, men ham intizorlik bilan ilk izohni kutganman. «It ham, bit ham maqola yozadigan bölib ketdi...». Mana şu izohni.
Şuningdek, Bobur Akmalov, Olimxöja Böronov, Xayrulla Hamidovlarning şu turnir haqidagi yozganlarini öqib borardim. Xullas ma'lum yönalişda öziga xos poydevor hosil böldi. Bilmadim, harakatlar bölganmidi yoki aynan Yevropa çempionati sababmi, yangi futbol gazetasini taşkil qiliş ğoyasi paydo bölgandi. Bunga erişildi ham...
Keçagidek esimda... Menimça, öşa birinçi öyindan keyin bölsa kerak, birga işlaydigan bir hamkasbim greklarga yuqori baho berdi. Rosti, menga öşa natija tasodif tuyulgandi, u Gretsiya hatto finalgaça borişi mumkinligini taxmin qilganida rosa kulgandim. Özi Çempionlar Ligasidagi «Portu»ning ğalabasi öşa mavsum uçun yetarli edi. Biz bir neça futbolga qiziqadigan hamkasblar Yevropa çempionatini alohida qiziqiş bilan kördik. Birgalikda qaysidir naşrning maxsus sonini sotib oldik. Kuniga ikkita öyin bölardi. Har kuni işimiz bir kun oldingi öyinlarning muhokamasi bilan boşlanib, uyga ketayotganda bölajak öyinga öz başoratlarimizni berardik…
…Kursdoşlarim bilan Özbekiston kubogi finalini körişga «Paxtakor» stadioniga bordik. «Samarqand» va «Döstlik» öynagan. Öyin juda qiziq keçgan, himoyada bexato harakat qilgan «Döstlik» 4:1 hisobida yenggandi. Talabalar yotoqxonasida turardik. Öşa kuni keçqurun Italiya va Niderlandiya örtasidagi yarim finalni kördik. Katta zalda kiçkina televizor. Hamma qiziqib köradigan «Dallas» bir oyga yaqin davr mobaynida unutilgandi. Öyinmisan öyin bölgan, öziyam. Mendan taşqari yana ikki bola Italiyaga muxlislik qildi. Qolganlar Niderlandiyaga. Kubok finaliga men bilan birga borgan samarqandlik körsdoşim esa, Klyuvertning fanati edi. Bosvelt penaltini ura olmaganda, şartta turib, televizorni öçirib qöygandi beçora. Atrofdagilarning kayfiyati menga ham ta'sir qilgan, tuzukroq bayram qila olmagandim öşanda. Boyagi ikki bola bilan ham taniş emasdim, heç qaçon gaplaşmagandim. Şu bahona tanişib olmagan bölsak-da, keyingi ikki yil davomida röpara kelib qolganda, boş irğab söraşib qöyardik. Şunçaki...













