NASA bu qarorni joriy haftada ötkazilgan içki yiğilişda maʼlum qilgan. «Artemida» dasturi rahbari Jeremi Parsonsning körsatmasiga muvofiq, agentlik Axiom Space kompaniyasi bilan birgalikda rejalaştirilayotgan Oy skafandrining soddalaştirilgan variantini işlab çiqadi. Yangi versiya Sortie Suit deb nomlangan.
Sortie Suit dastlabki pilotli Oy missiyalarida qöllanişi rejalaştirilmoqda. Astronavtlarni Oy yuzasiga tuşiriş uçun SpaceX va Blue Origin kompaniyalari işlab çiqayotgan qöniş apparatlaridan foydalaniş közda tutilgan.
Yangi yondaşuvning asosiy maqsadlaridan biri skafandr vaznini kamaytiriş, uning konstruksiyasini soddalaştiriş hamda skafandr bilan Oyga qöniş moduli örtasidagi texnik interfeyslarni osonlaştirişdan iborat.
NASA rahbari Jared Ayzekman 2025-yil dekabrida agentlikka kelganidan keyin uning jamoasi dastlabki jadvaldan ança ortda qolgan «Artemida» dasturini qayta körib çiqişga kirişgan. Öşa paytda NASA insonlarni Oyga kamida 2030-yilgaça qaytara olmasligi ehtimoli kuçaygan edi. Bu esa Xitoyning amerikaliklardan oldin Oyga inson tuşirişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuçaytirgan.
Şundan söng Ayzekman «Artemida»ni belgilangan muddatlarga qaytariş yöllarini izlay boşladi. Kongress kömagida dasturda bir qator jiddiy özgarişlar amalga oşirildi. Jumladan, Space Launch System raketasini işlab çiqariş jarayonini soddalaştiriş, Oy orbitasidagi Gateway stansiyasidan voz keçiş va şu orqali qöniş apparatlariga tuşadigan yukni kamaytiriş böyiça qarorlar qabul qilingan.
NASA, şuningdek, SpaceX va Blue Origin bilan hamkorlikni kuçaytirib, ular işlab çiqayotgan Oy qöniş apparatlariga qanday yordam körsatiş mumkinligini örganmoqda.
Skafandr nima uçun muammoga aylandi?
NASA taxminan tört yil avval yangi avlod skafandrlarini işlab çiqiş böyiça Axiom Space va Collins Aerospace kompaniyalari bilan şartnoma tuzgan edi. Biroq 2024-yilda Collins Aerospace dasturdan çiqib ketdi. Kompaniya iş jadvalidan ortda qolgan va moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan bölişi mumkin. Natijada Axiom Space NASA uçun Oy yuzasida işlaşga möljallangan skafandrlarni yetkazib beruvçi yagona kompaniya bölib qoldi.
Axiom Space loyiha ustida işlaşni davom ettirmoqda, ammo soha manbalari skafandrni işlab çiqiş surʼatlari böyiça xavotir bildirgan.
NASA Aerokosmik xavfsizlik böyiça maslahat guruhi aʼzosi, sobiq astronavt Çarli Prekurning aytişiça, agentlik rahbariyati grafik va skafandr xususiyatlari bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun Axiom Space vakillari bilan haftasiga olti kun uçraşmoqda. Köp hollarda bu muzokaralar yuzma-yuz ötkazilmoqda.













