Yevropa çempionati. C guruhi
Niderlandiya — Ukraina — 3:2 (0:0)
Gollar: Veynaldum, 52 (1:0). Veghorst, 59 (2:0). Yarmolenko, 75 (2:1). Yaremçuk, 79 (2:2). Dyumfris, 85 (3:2).
Niderlandiya: Stekelenburg, Dyumfris, de Fray, Blind (Ake, 64), Timber (Feltman, 88), van Anholt (Veyndal, 64), de Ron, Veynaldum, F.de Yong, Veghorst (L.de Yong, 88), Depay (Malen, 90+1).
Ukraina: Bushchan, Karavayev, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Yarmolenko, Zinçenko, Malinovskiy, Sidorçuk, Zubkov (Marlos, 13. Şaparenko, 64), Yaremçuk.
Ogohlantirişlar: Sidorçuk, 90+3.
Hakamlar: Brix. Borş, Lupp (barçasi — Germaniya).
VAR: Frits. Dingert (ikkisi — Germaniya), Bets, Attuell (ikkisi — Angliya).
13 iyun. Amsterdam. «Yohan Kroyf Arena» stadioni.

Ukraina terma jamoasi formasi atrofidagi gaplar futbolni ikkinçi planga olib çiqib qöyay degandi. Ammo muxlislar maydonda Yevropa çempionatining hozirça eng yaxşi öyiniga guvoh bölişdi.

Ukraina termasiga Yevropa çempionati startiga qadar ham jiddiy yondaşişayotgandi. Bu jamoa saralaş turnirida ajoyib iştirok etdi, Andrey Şevçenko va uning ştabi öz darajasini namoyiş etdi, jamoa tarkibi esa Yevropada tanilib ulgurgan futbolçilarga töla.

Yarmolenko («Vest Hem»), Malinovskiy («Atalanta»), Yaremçuk («Gent»), Zinçenko («Mançester Siti»), Zubkov («Ferensvaroş») — ukrainlar legioni deyarli töliq tarkibda Amsterdamda Niderlandiyaga qarşi öyinda maydonga çiqdi. Birinçi bölimdayoq sariq-köklar ularni bejiz S guruhi favoritlari qatorida sanaşmayotganini isbotlaşdi.

Ukraina oçiq, şu bilan birga xotirjam öyin namoyiş etdi. Niderlandiya öz maydonidagi öyinda töpga egalik qilib, köproq vaziyatlar yaratgan bölsa-da, mehmonlar ham himoyaga ötirib olmadi va hatto katta kuç bilan oldinga çiqişdi. Nafaqat qanotlar orqali, balki markazdan ham hujumlar uyuştirildi. Ukrainlarda maydon markazida ham ustunlik kuzatildi: Malinovskiy, Zinçenko va Sidorçuk qarşi hujumlarda raqibni poylaşdi, ammo Niderlandiyaning tiğiz himoyasi zarbalar yöliga tösiq böldi.

Şiddatli va hujumkor öyin uçun ukrainlarni maqtaş mumkin, ammo hujumga köproq e'tibor qaratilganda himoyada muammolar yuzaga keladi. Ukraina himoyaçilari esa juda oldinda joylaşişgandi va ilk daqiqalardanoq bundan Depay foydalanişi mumkin edi: ukrainlar hujumda töp yöqotişganida u raqibning tört futbolçisidan qoçib ketdi va töpni oldinga olib borib, darvozaga zarba berişga ham ulgurdi, ammo bu vaziyatda Bushchan jamoasini qutqardi.