AI-80 markali avtomobil benzinining boşlanğiç narxi 2,2 foizga kötarildi. Bu haqda tovar-xomaşyo birjasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, ötgan haftada yonilğining örtaça kunlik narxi bir tonna mahsulot uçun 6 mln 715 ming sömdan 6 mln 860 ming 300 sömgaça kötarilgan.
7-13 iyun kunlari birja savdolariga 28 ming 579 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qöyilgan. Şundan 21 ming 98 tonnasi (73 foiz) sotilgan. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 57 xaridor iştirok etgan.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining örtaça haftalik kotirovkasi 6 mln 830 ming 900 sömni, AI-91 markalisi esa 7 mln 873 ming 300 sömni taşkil etdi.
Ma'lum qilinişiça, avtomobil benzinining bir tonnasi örtaça 1 ming 293 - 1 ming 370 litrni taşkil qiladi. Bunda AI-80 markali benzinning birjadagi narxi litri uçun örtaça 5 ming 300 sömga töğri keladi.
Avvalroq, AI-80 markali avtomobil benzinining boşlanğiç narxi mahsulotning bir tonnasi uçun örtaça 6 million 361 ming 800 sömdan 6 million 635 ming 200 sömgaça, ya'ni 4,3 foizga oşgani xabar qilingandi.











