Tesla kompaniyasi asosçisi va dunyoning eng boy odamlaridan biri Ilon Mask öziga tegişli uylardan oxirgisini ham sotişga qaror qilganini aytdi. Mask San-Fransisko körfazida joylaşgan uyini sotib, bir yil avval bergan va'dasining ustidan çiqadi. U öşanda öziga tegişli barça köçmas mulk va boşqa mulkining katta qismini sotişini e'lon qilgandi. 

«Oxirgi uyimni ham sotişga qaror qildim. Uni biror katta oila sotib olişi kerak. Bu özgaça joy», deb yozgan tadbirkor Twitter’da. 

Mask katta mol-mulkka egaligi tanqid qilinganiga javoban uni sotib yuborişga va'da bergandi. Tadbirkorga tegişli oxirgi uy sotilişi haqidagi xabar esa ProPublica notijorat taşkiloti olib borgan suriştiruv natijalari e'lon qilingandan bir hafta ötib paydo böldi. Suriştiruvga köra, 25 nafar eng boy amerikalik, jumladan, Mask qonunda belgilangandan ança kam daromad soliği tölagan.

2020 yil mayida milliarderga tegişli butun köçmas mulk — Los-Anjyeles va San-Fransiskodagi 7ta haşamatli uy 100 mln dollarga baholangan. Mask oxirgi uyini sotgaç unda birorta köçmas mulk obekti qolmaydi. Milliarder 2020 yildan boşlab Texasda öziga tegişli SpaceX kompaniyasiga qaraşli uyda ijarada yaşab kelmoqda.