Legallaşmagan valutafuruşlar saqlanib qolayotganiga sabablar bir neçta. Birinçidan, noqonuniy pul aylanmasi iştirokçilari orasida qora bozorga ehtiyoj öşa-öşa. Ikkinçidan, bank şoxobçalari yetarli emas, borlari ham şanba-yakşanba kunlari işlamaydi. Uçinçidan esa banklar hamon davlat boşqaruvida qolyapti, natijada mijozlarga xizmat körsatiş sifati past.

Quyida, bugun Ipoteka bank Çilonzor filiali kassasidagi holat misolida ana şu uçinçi sabab haqida töxtalmoqçiman.

Filial kassasiga valuta ayirboşlaş, plastik karta orqali AQŞ dollari sotib oliş uçun bordim. Bir qaraşda hammasi risoladagiday, tiket olasiz, navbatingizni kutasiz. №82 raqamni olib kuta boşladim. 10 minut, 15 minut... Mavjud oltita kassaning törttasi işlab turgan bölsa-da, harakat juda sust.

Men kelganda 62-mijozga xizmat körsatilayotgan bölsa, örtadagi 20ta navbatda turganlarning kamida öntasi ketib qolgani ma'lum böldi va buning sababi ham ayon edi – yarim soatlab kutiş kimga yoqadi? 4 ta kassa 10 kişiga kamida 25 minut xizmat qilganidan keyin navbatim keldi.

Kassir qiz dastlab pasportimda bir muammo borligini aytdi. Ya'ni ularning tizimida pasportim propiskasi boşqaça ekan. Qayergadir qönğiroq qildi va u tomon ma'lum vaqt ötganidan keyin mening yangi propiskamni tasdiqladi. Qiziq, u bank doirasidagi qanday tizimki, qölida turgan, propiskasi aniq hujjat tan olinmaydi?! Men uy sotmayapman, xorijga çiqib ketmayapman. Umuman, valuta sotib olişda propiskaning qanday ahamiyati bor?

Baxtimga bu muammo yeçildi. Ammo, xodim kartamdan pulni yeçib olganidan keyin «Sistema işlamay qoldi, kuting» dedi. «Mayli, kartadan yeçib oldingiz, endi sistema kerak emas, pulimni bering, ketaveray», desam:

– Sistemadan çek çiqarişim kerak, siz unga qöl qöyganingizdan keyin pulingizni beraman, – deya javob berdi.

– Xöp, pulni yeçib oldingiz, sistemangiz işlamasa-çi, men kutaveramanmi, – söradim diqqat bölib.

– Işlaydi, faqat sabr qilib kutib turing. Qaçonligini bilmaymiz.

Yana biroz kutiş va asabiylaşişdan keyin tizim işladi (yoki işlatişdi), törtta qoğozga imzo çekib, pulni oldim. Bu paytga kelib yana kamida 20-25 kişilik navbat hosil bölgan, asosan valuta ayirboşlaşga kelganlar asabiylaşib çiqib ketişardi.

Qandaydir izoh oliş uçun rahbariyat bilan uçraştirişlarini söraganimda boşqaruvçi örinbosariga röpara qilişdi. Özini Obid Azimov deb taniştirgan örinbosarga savol bilan yuzlandim: