Uçköprik tumanida 15 gektar maydonda yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, logistika va savdo kompleksi taşkil etiladi. Bu haqda Uçköprik tumani hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Farğona viloyatining Uçköprik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini işlab çiqarişni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilişiça, qaror bilan, yengil sanoat sohasi salohiyatini yanada oşiriş, eksportbop mahsulotlar işlab çiqariş hajmini kengaytiriş, olib borilayotgan islohotlarga va zamon talabiga töliq javob beradigan yengil sanoat markazini taşkil etiş maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Farğona viloyati hokimligi va “Mikrokreditbank” ATB taklifi asosida yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, logistika va savdo kompleksi taşkil etiş belgilangan.
15 gektar maydonda barpo etiladigan yangi kompleksda işlab çiqariş sexlari, savdo dökonlari, logistika markazi, kiçik savdo rastalari va qöşimça xizmat körsatiş maskanlari taşkil qilinadi.
Yirik va zamonaviy yengil sanoat majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta işlab çiqariş sexlari, 336 ta savdo dökoni, 560 ta kiçik savdo rastalari taşkil etilişi közda tutilgan.
Yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, logistika va savdo kompleksi foydalanişga topşirilişi natijasida işlab çiqariş, savdo, xizmat körsatiş va logistika yönalişlarida 7 ming 700 dan ortiq yangi iş örni yaratiladi.











