Kiyevdagi qurol va xavfsizlik körgazmasida Ukrainada işlab çiqarilgan ACE ONE droni namoyiş etildi, deb xabar berdi Ukrinform.

"Bunday dron Ukrainada ham, butun dunyoda ham yöq edi. Bir tonnagaça qurol taşiy oladigan dronlar toifasida ACE ONE birinçi raqamda. U eng yangi Stealth texnologiyasi asosida yaratilgan. ACE ONE tezligi soatiga 1000 kilometrgaça yetadi. Boşqaruv sun'iy ong tizimi yordamida amalga oşiriladi", - dedi loyiha konstruktori va rahbarlaridan biri Aleksandr Los.

Loyihaning yana bir rahbari Vladimir Usovning qayd etişiça, dron Ukraina havo hududini himoya qilişga möljallangan.

Ma'lumot berilişiça, dronni yaratiş ustida 25 nafar ukrainalik olim va mutaxassislar iş olib borgan.