Dastlab, Angliya va Xorvatiya jamoalari ilk turning markaziy bellaşuvlaridan birida özaro maydonga çiqdi. Bir neça yil avval murabbiy sifatida heç kim bölmagan ikki mutaxassis bugun dunyoning eng yetakçi milliy jamoalarida faoliyat olib borişmoqda. Ular keçagi taktik qarama-qarşilik orqali öz örinlarida nima sababdan ötirganlarini yana bir karra isbotlab qöyişdi. Xorvatiya ham mağlubiyatga loyiq futbol namoyiş etmadi. Yevropa çempionati mana şu kabi öyinlar bilan ham qiziqarli.
Avstriya - Şimoliy Makedoniya öyini esa har ikki jamoaning qarama-qarşi hujumlari ostida ötgani bilan qiziqarli böldi. Ikki tomonda ham iştiyoq yuqoriligi va Şimoliy Makedoniyaning debyut şijoati uçraşuvga özgaça çiroy baxş etdi.
Kunning sönggi öyini esa Yevropa çempionati maqomiga mos tarzda keçdi. Uşbu bellaşuvni atrofliça tahlil qilişga harakat qilamiz.
De Burdan kutilmagan hujumkorlik
Turnir favoritlari orasida Niderlandiya qit'a birinçiligiga eng tajribasiz murabbiy bilan kelgan milliy jamoa sifatida e'tiborni tortgandi. Ronald Kuman Barselonaga ketganidan söng, yordamçisi bir muddat yiğinlarni boşqardi. Tez orada sobiq futbolçi, «uçar gollandlar» afsonasi Frank de Bur murabbiylik postiga keldi. Futbolçi sifatida naqadar hurmatga sazovor bölmasin, de Bur murabbiylik bobida heç narsaga erişmagandi. Niderlandiya milliy jamoasi statusi bilan hazillaşib bölmaydi.
Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan söng, köpçilik niderlandlar boş jamoasiga yangi mutaxassis topilişi haqida gapira boşlaşdi. Ammo Yevropa çempionatida ham Frank «olovranglilar» bilan birga.
Ilk öyindan şuni anglab yetdikki, de Bur jamoasini hujumda ança uyuşqoq kuçga aylantira olgan. Laterallarning faol tarzda hujumga qöşilişi esa raqibni rosmana şoşirib qöydi.
Mart oyidagi öyinlarda markaziy hujumçi pozitsiyasida öynagan Lyuk de Yong örnini turnir arafasida Veghorst egalladi. Frenki de Yongning «Barselona»dagi himoyaviy könikmalar va de Roonning tayanç zonasidagi sifatli harakatlaridan unumli foydalaniş maqsadida, Jorjino Veynaldumga öyinda ijodkor sifatida töp tepişga imkon berildi. Depay esa undan bir neça qadam oldinroqda hujumga ikkinçi temp bağişlaş, uzatmalar bilan yarimhimoyaçi va hujumçilarni ulaş işlarida boş böldi.














