Jyenevada AQŞ prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi boşlandi. Ular ilk marta davlat rahbarlari sifatida uçraşişdi.
Keng qamrovli xavfsizlik çoralari körilgan Jyenevada ikki davlat rahbarini Şveytsariya prezidenti Gi Parmelin alohida-alohida kutib oldi.
Sammit bölib ötadigan Jyeneva köli böyidagi Villa La Granj mehmonxonasida ikki prezident qöl berib körişdi.
Rukopojatiye. Putin i Bayden ulybnulis drug drugu pic.twitter.com/NWWSP7Lf5t
— Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) June 16, 2021
Bu AQŞ va Rossiya prezidentlarining Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri ilk uçraşuvidir. Bungaça Putin 2018 yilda Helsinkida Donald Tramp bilan uçraşgandi.
Peskov: «Putin muammolarni oçiq va konstruktiv tarzda örtaga qöyadi»
Putindan oldin Jyenevaga borgan Rossiya delegatsiyasi tarkibidan joy olgan Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya davlat televideniyesi «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi «juda oğir» keçişini aytdi.
«Putin muammolarni oçiq va konstruktiv ravişda örtaga qöyadi va yeçim topişga harakat qiladi», dedi sammitning «tarixiy bölmasligi mumkin»ligini bildirgan Dmitriy Peskov.
U mazkur uçraşuvga katta umidni boğlamaslik kerakligini ta'kidladi. «Rossiya-AQŞ munosabatlari juda murakkab. Ammo ikki davlat rahbarining uçraşişga qaror qilgani va muammolarni oçiq muhokama qila boşlaganining öziyoq muvaffaqiyatdir», dedi u.
«Biz uşbu uçraşuv katta buriliş nuqtasi bölişini kutmayapmiz»
Ikki davlat rahbari Baydenning xorijga qilgan ilk taşrifining uçinçi bekati – Jyenevada uçraşuv ötkazadi. Uçraşuv yuzma-yuz tarzida ötişi rejalaştirilmagan. Birinçi bosqiçda Putin, Bayden va taşqi işlar vazirlari Sergey Lavrov va Antoni Blinken iştirok etadigan mazkur uçraşuvda keyinroq maslahatçilardan iborat delegatsiyalarning ham qatnaşişi kutilmoqda.
Ikki rahbar ham uşbu uçraşuv AQŞ-Rossiya munosabatlarining yanada barqaror va taxmin qiliş mumkin bölgan darajaga erişişi uçun taşlangan ilk qadam bölişi mumkinligiga işora qildi.
Ta'kidlaş joizki, kiberhujumlar, Rossiyaning AQŞ saylovlariga aralaşuvi, Moskvaning yadro qurollarini nazorat qiliş töğrisidagi bitimdan çiqişi va eng muhimi, Rossiya tomonidan Ukrainaning ayrim qismlarining qöşib olinişi kabi qator masalalar böyiça ikki davlat örtasidagi ziddiyatlar saqlanib qolmoqda.
«Biz uşbu uçraşuv katta buriliş nuqtasi bölişini kutmayapmiz», dedi Baydenning safari çoğida Air Force 1 samolyotida jurnalistlar bilan suhbatlaşgan Amerikaning yuqori martabali amaldorlaridan biri.
Uning sözlariga köra, AQŞ ba'zi muammoli sohalarda işlaş uçun yordamçilar va maslahatçilarni tayinlaşni maqsad qilgan.
«Biror-bir kelişuvga erişilişiga amin emasman», dedi Putinning taşqi siyosat böyiça maslahatçisi Yuriy Uşakov.
Uçraşuv tört-beş soat davom etişi rejalaştirilmoqda.
Jyeneva uçraşuvi arafasida: Putin Baydendan nima xohlamoqda?
Munosabatlarni keskinlaştirgan voqealar
2014 yilda Qrim yarimorolining Rossiyaga qöşib olinişi ikki tomonlama munosabatlarni keskinlaştirgan nuqtalardan biri böldi.
2015 yilda AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi muxolifatga qarşi Damaşq ma'muriyatiga yordam beriş uçun Rossiyaning Suriyaga kirib borişi va 2016 yilda Donald Tramp ğolib bölgan saylovlarga Moskvaning aralaşuvi haqidagi da'volar esa ikki örtadagi ziddiyat yanada kuçayişiga sabab böldi.
Bayden mart oyida jurnalistlardan biriga bergan intervyusida Putinni «qotil» deb atadi, şundan söng Rossiya Vaşingtondagi elçisini çaqirib oldi.
AQŞ ham aprel oyida Moskvadagi elçisini çaqirib oldi. Hozirda ikki mamlakatda ham elçilar yöq.
Aprel oyidagi voqeaning sababi esa 2016 yilda ötkazilgan AQŞ prezidentlik saylovlariga aralaşuv, kiberhujumlar va Ukraina bilan boğliq ziddiyatlar ortidan Vaşingtonning Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalarni qabul qilgani edi. Uşbu sanksiyalar Rossiya hukumatining AQŞ banklari bilan boğliq operatsiyalarini ham öz içiga oladi, şuningdek, prezident saylovlariga aralaşişda gumonlanayotgan 32 kişini nişonga oladi.
Şundan söng, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov uşbu sanksiyalarga javob berişga qaror qilganliklarini e'lon qiladi. Unga köra, amerikalik 10 nafar diplomat mamlakat hududidan çiqarib yuboriladi, mamlakatdagi AQŞ diplomatlarining xabar bergan holda öz xizmat hududidan 16 kilometrdan köproq masofani bosib ötişiga ruxsat beruvçi kelişuv bekor qilinadi. Amerikalik elçi ham Moskvadan Vaşingtonga qaytib ketadi.
NATO sammitidan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida Baydenga «qotil» degan sözi eslatildi, avvaliga u savolni aylanib ötişga urindi, ammo keyin Putinni «aqlli, murakkab va munosib raqib» deb ta'rifladi. «Qotil» sözi esa ötkazmoqçi bölgan uçraşuvimiz nuqtayi nazaridan unçalik ham muhim ahamiyatga ega, deb öylamayman», dedi u.
Uzoq davom etişi kutilayotgan uçraşuv davomida yetakçilar tuşlik yoki keçki ovqatni birga qilişi rejalaştirilmagan. AQŞ rasmiysi bu holatni «nonni baham körmaslik», deb baholadi. Uçraşuvdan keyin ikki rahbar alohida-alohida matbuot anjumani ötkazadi.
Aprel oyida Ukraina çegarasida keskinlik ortgandi
Mart oyi örtalaridan boşlab Rossiya Qrim va Ukraina şarqidagi Donbass mintaqasiga harbiy yuklarni yetkazib bera boşladi.
Şundan söng Ukraina va Ğarb davlatlari Rossiyani ogohlantiradi, Amerika harbiy kemalari ham Qora dengiz tomon yöl olgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Voqealar rivoji keskinlaşganda esa Bayden Putin bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Bu Baydenning prezidentlik lavozimiga kirişgandan keyin Putin bilan qilgan ikkinçi telefon suhbati böldi.
Bayden ziddiyatlarni kamaytiriş uçun ikki tomonlama sammitni taklif qiladi, ammo Rossiya tomoni bu taklifni körib çiqişini bildiradi. Aprel oyi oxirida esa davlat rahbarlarining ikki tomonlama uçraşuv sanasi hali belgilanmagan bölsa-da, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Ukraina çegarasida bir neça hafta davomida keskinlik keltirib çiqargan harbiy kuçlar mintaqadan çaqirib olinişini ma'lum qiladi.
Hafta boşidagi NATO sammitida Ukraina ham alyansning bir qismi bölişi mumkinligi töğrisida bayonotlar berildi. Sobiq sovet ittifoqi tarkibida bölgan Ukrainaning NATOga a'zolik masalasining kun tartibiga çiqişini Moskva keskin reaksiya bilan qarşiladi. Bayden-Putin uçraşuvida uşbu masala ham muhokama qilinişi mumkin.












