Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida mansabdor tanişlari orqali böş binodan foydalaniş ruxsatnomasini olib berişni va'da qilgan mutasaddi qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar byermoqda.

Ma'lum qilinişiça, viloyat huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirida, Davlat soliq qömitasi huzuridagi davlat kadastrlar palatasi Ğijduvon tuman filiali xodimi, 1994 yilda tuğilgan E.S. qölga olingan.

U özga bir fuqaroning işonçiga kirib, Buxoro viloyati quriliş nazorati inspeksiyasida işlovçi tanişlari orqali tumanning Yusuf Hamadoniy köçasida joylaşgan binodan foydalanişga ruxsatnoma olib beriş evaziga 3 million söm talab qilgan. Söng «Jasmina şifo med» tibbiyot klinikasi binosida, öziga taniş bölgan klinika hamşirasi orqali kimyoviy işlov berilgan pullarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.