Ğijduvon tumanida yaşovçi 1994 yilda tuğilgan fuqaro öz oila a’zolari bilan birgalikda uy şaroitida qölbola usulda dori vositalarini tayyorlab kelgan.
Şuningdek, qonunbuzarlar tayyorlangan dori vositalarini saqlaş uçun 1 ta manzildan hamda ularni sotiş uçun 2 ta dorixonadan foydalanib kelayotgani ma’lum bölib, mazkur manzillar belgilangan tartibda közdan keçirildi.
Tadbir davomida uşbu manzillardan jami 193 turdagi 47 821 dona, umumiy taxminiy qiymati 500 mln sömdan ortiq bölgan, kontrabanda yöli bilan olib kelingan hamda qölbola usulda tayyorlangan dori vositalari aniqlandi. Şuningdek, 6 989 dona dori vositalarining böş qutisi, yorliqlar, 3 dona dorilarni qadoqlaş uskunasi va 2 qop yöriqnoma ham topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Mazkur dori vositalariga rasmiy xulosa oliş maqsadida “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga yuborildi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari amalga oşirilmoqda.
Fuqarolardan bunday qonunbuziliş holatlariga duç kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar beriş söraladi. Şaxsingizning maxfiyligi kafolatlanadi.

















