Samarqand şahrida çirib ketgan yirik diametrli quvur uzilib tuşib, maşinani bosib qoldi. Oqibatda maşina yaroqsiz holga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ustiga çirigan quvur tuşib ketib, yaroqsiz holga kelgan Nexia tasvirlangan video tarqaldi. Ma'lum bölişiça, mazkur hodisa joriy yil 14 iyun kuni Samarqand şahrining Sartepa mavzesida sodir bölgan.
Qayd etilişiça, Samarqand şahrida bundan taxminan 40 yil oldin örnatilgan quvur qulab tuşgani haqidagi ma'lumotni viloyat uy-joy kommunal xöjaligi boşqarmasi boşliği Bahodir Negmatov tasdiqlagan.
«14 iyun kuni soat 8:30larda bölim mutaxassislari voqea sodir bölgan joyida bölib, holatni örganişdi. Diametri 273 millimetr bölgan quvur öz-özidan tuşib ketmagan. Uning qulaşi sabablariga hali aniqlik kiritiladi», degan Bahodir Negmatov.
Uning aytişiça, hodisa tufayli yaroqsiz ahvolga kelgan maşina yölning örtasida belgilanmagan joyda töxtagan. Hozirda Nexia vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilgan.
Samarqandda avtobus va yana ikkita maşina iştirokida YTH sodir böldi
Samarqanddagi «metan zapravka»da maşina gaz balloni portlab ketdi












