Ma'lum qilinishicha, bugun tongda, soat taxminan 04:35larda Samarqand shahar Mirzo Bedil ko‘chasida joylashgan «Ishon Standart» MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida fuqaro M.U. boshqaruvidagi 2002 yilda ishlab chiqarilgan Nexia mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni yorilib, portlab ketgan.
Hodisa oqibatida avtomobil batamom yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, shoxobcha gaz taqsimlash ayvoni shift qismi zararlangan.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan va hech kim tan jarohati olmagan. Hodisa yuzasidan viloyat FVB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.











