Çilonzor tumanida röyxatdan ötgan quruvçi kompaniya – “AST LIDER” MÇJ öziga tegişli 3 xonali kvartirani tuman hokimligiga sovğa qildi.
Al-Xorazmiy köçasi 66/8-uy manzilida joylaşgan, yangi qurilgan köp qavatli uydagi kvartira maydoni – 95 metr kvadrat.

Çilonzor hokimi Şavkat Mavlonov uyni qabul qilib oliş haqidagi qarorni 11 noyabr kuni imzolagan. Xuddi şu qarorda xonadonni tuman içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği deb körsatilgan Ikrom Tillayevga xizmat uyi sifatida biriktirib beriş buyurilgan.

Avvalroq Xpress loyihasi bu qarordagi e’tiborga molik uçta jihatni sanab ötgandi. Kun.uz mazkur jihatlarni yana bir bor eslatib ötgan holda, tegişli mas’uldan izoh söradi.
Birinçi masala, hokim qarori çiqqan paytda uy berilgan Ikrom Tillayev qarorda yozilgan mansabidan ketib bölgan edi. Podpolkovnik Tillayev Çilonzorning boş melisasi lavozimiga 2018 yil avgustda kelgan. 2021 yil avgustda esa bu lavozimga podpolkovnik Farhod Jabborov tayinlangan.

Ikkinçi masala – tuman hokimi Şavkat Mavlonov va Ikrom Tillayev örtasidagi boğliqlik. Şavkat Mavlonov faoliyati davomida içki işlar tizimida katta lavozimlarda işlagan. U 2017 yilda Çilonzor tumani IIB boşliği












